TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari qanotli “Kalibr” raketalari bilan Ternopolye viloyatidagi Kiyevga AQSH va YEIning yetkazib bergan qurol-yarogʻlari saqlanayotgan yirik omborni yakson qilishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov maʼlum qildi.“Uzoq masofaga uchadigan “Kalibr” yuqori aniqlikdagi raketalar bilan Ternopolye viloyati Chortkov aholi punkti hududidagi Kiyev rejimiga AQSH va Yevropa mamlakatlaridan yetkazib berilgan tankka qarshi raketa majmualari, koʻchma zenit raketa majmualari va qurol tizimlarining artilleriya snaryadlari yirik ombori yoʻq qilindi”, - dedi Konashenkov.Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish atrofidagi ovoragarchilik maqsadi iloji boricha qurolli mojaroni choʻzish ekanini aytgan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi “Kalibrlar” Kiyevga yetkazib berilgan qurol-yarogʻlarni yoʻq qilganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari qanotli “Kalibr” raketalari bilan Ternopolye viloyatidagi Kiyevga AQSH va YEIning yetkazib bergan qurol-yarogʻlari saqlanayotgan yirik omborni yakson qilishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov maʼlum qildi.
“Uzoq masofaga uchadigan “Kalibr” yuqori aniqlikdagi raketalar bilan Ternopolye viloyati Chortkov aholi punkti hududidagi Kiyev rejimiga AQSH va Yevropa mamlakatlaridan yetkazib berilgan tankka qarshi raketa majmualari, koʻchma zenit raketa majmualari va qurol tizimlarining artilleriya snaryadlari yirik ombori yoʻq qilindi”, - dedi Konashenkov.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish atrofidagi ovoragarchilik maqsadi iloji boricha qurolli mojaroni choʻzish ekanini aytgan edi.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga koʻra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qoʻshinlariga zarba bermoqda. 25 martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini taʼkidlagan.