Jamiyat

Qovunning faqat issiqxonada yetishtiriladigan "Zarhal" navi yaratildi - foto

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qovunning hosili sharsimon, oʻrtacha kattalikda boʻlib, ogʻirligi atigi 0,8-1,5 kilogramm keladi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda qovunning faqat issiqxonada yetishtiriladigan "Zarhal" navi yaratildi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu navni vazirlik huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Yekaterina Lyan boshchiligidagi selektsioner olimlari ixtiro qilishgan.
1/2
2/2
Taʼkidlanishicha, “Zarhal” faqat issiqxonada yetishtiriladi. Uni oʻta ertapishar qovun toifasiga kiritish mumkin. U 72-78 kun davomida oʻsadi, palagi baquvvat, sershox. Bargi keng, qalin, toʻq yashil rangli, qirqimlidir.
Qovunning hosili sharsimon, oʻrtacha kattalikda boʻlib, ogʻirligi atigi 0,8-1,5 kilogramm keladi. Yuzasi esa tekis, sariq rangda. Ustida yashil rangli chiziqlar tortilgan. Ichki qismi oqish, xushboʻy hidli.
"Zarhal"ning tarkibidagi quruq modda miqdori 13,5-14,5 foizni tashkil etsa, qand miqdori 12-13 foizdan iborat.
Hosildorligi 8-8,5 kg/m2 ga teng. Bu qovun navi un shudring va fuzarioz soʻlish kasalligiga chidamli ekani aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0