Rossiya

Rossiyada sudlanganlarning taksi va jamoat transportida ishlashi taqiqlandi

© Sputnik / Alexey MaishevTaksi, arxivnoye foto
Taksi, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi qonunga koʻra, taksida ayrim jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmaganlar ishlay olishmaydi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudlanganlik holati boʻlgan shaxslarning taksi va jamoat transportida ishlashini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Hujjat 11 iyun kuni rasmiy huquqiy axborotlar portalida chop qilingan.
Qonun bilan taksida quyidagi jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan boʻlsa, ishlash taqiqlanadi: qotillik, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, odam oʻgʻirlash, talonchilik, bosqinchilik, jinsiy daxlsizlik va shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi, jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida – Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻizistonda ham sodir etilgan jinoyatlar inobatga olinadi.
Quyidagi moddalar boʻyicha sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmaganlar avtobus, tramvay va trolleybus haydovchilari boʻla olishmaydi: jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
Qonun 2023 yil 1 martdan kuchga kiradi.
Rossiya qonunchiligiga binoan ogʻir jinoyatlar uchun sudlanganlik jazo muddati oʻtalgandan soʻng sakkiz yil oʻtib, oʻta ogʻir jinoyatlar uchun esa 10 yil oʻtib tugallanadi. Bu haqda sudning tegishli qarori qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0