U-23 Osiyo kubogi: kutilmagan holatlar va hayajonli g‘alaba

© Assotsiatsiya Futbola UzbekistanaU23 Kubok Azii-2022: Uzbekistan - Irak
U23 Kubok Azii-2022: Uzbekistan - Irak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘yin boshidanoq darvozabon chetlatilgan, bir kishiga kam jamoa, qo‘shimcha daqiqalarda ham g‘olib aniqlanmagan ushbu o‘yin uzoq vaqt muxlislar xotirasida qoladigan bo‘ldi.
TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. U-23 Osiyo kubogining yarimfinalga chiqish uchun O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘yin so‘nggi kunlarda futbolga boy O‘zbekiston muxlislari uchun eng qiziqarli o‘yinlardan biri bo‘ldi.
Ushbu matchda O‘zbekiston ham Iroqning ham deyarli bir xil mahorat va o‘jarlik namoyish qilishdi. Undan tashqari o‘yin turli nostandart vaziyatlarga ham boy bo‘ldi.
Dastlab, 12 - daqiqada darvozabon Abduvohid Ne’matov iroqlik futbolchini tirsagi bilan urib yiqitdi va o‘yindan chetlatish hamda penaltiga sababchi bo‘ldi. Shu tariqa Iroq hisobni ochdi – 0:1.
Undan so‘ng, birinchi taym oxirida Iroqliklar "qasd" olishdi. Jarima maydonchasida Hojimat Erkinovga nisbatan qo‘pollik ishlatildi va 11 metrlikdan gol urish navbati O‘zbekistonga keldi. Zarba Jasur Jaloliddinov berdi. U ajoyib tarzda darvozabonni bir tomonga to‘pni boshqa tomonga jo‘nati hisobni tenglashtirdi 1:1.
Ikkinchi gol, aniqrog‘i avtogol ushbu o‘yinning yana bir nostandart vaziyati bo‘ldi. Norchayev va Erkinovlarning shiddatli hujumi raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratdi. To‘pni uzatish vaqtida u raqib oo‘yinchisining oyog‘iga tegib ketdi va to‘g‘ri darvozaga ravona bo‘ldi - 2:1.
Lekin 68 daqiqada Iroq jamoasi chap qanotdan kutilmagan hujum uyushtirib hisobni tenglashtirishdi – 2:2.
O‘yin oxiriga qadar hisob o‘zgarmadi va hakamlar ikkita 15 daqiqalik qo‘shimcha taym o‘tkazishni belgilashdi. Bu ham ish bermaganidan so‘ng jamoalar penaltilar seriyasiga o‘tishdi.
© Assotsiatsiya Futbola UzbekistanaU23 Kubok Azii-2022: Uzbekistan - Irak
U23 Kubok Azii-2022: Uzbekistan - Irak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2022
U23 Kubok Azii-2022: Uzbekistan - Irak
Hayajonli o‘tgan penaltilar seriyasida O‘zbekistonning omadi kulib boqdi. Darvozaboni Vladimir Nazarov bitta to‘pni seyv qilgan bo‘lsa, yana bir to‘p shtangaga tegdi va uchinchisi umumman tomoshabinlar tomon uchib ketdi.

Penaltlar bo‘yicha O‘zbekiston 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 jamoasi yarim finalga chiqdi.
© Assotsiatsiya Futbola UzbekistanaU23 Kubok Azii-2022: Uzbekistan - Irak
U23 Kubok Azii-2022: Uzbekistan - Irak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2022
U23 Kubok Azii-2022: Uzbekistan - Irak
Ushbu o‘yin "Paxtakor" stadionida to‘plangan 32 ming muxlislar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. Kutilmagan vaziyatlar, jarima to‘plari va kamida ikkita ajoyib gol. Undan tashqari 2 soatdan ortiq davom etgan hayajonli kutish, o‘zbekistonlik muxlislar uchun ijobiy yakunlandi.
Ehtimol shu sabab o‘yindan keyin muxlislar ham jamoa ham o‘z quvonchlarini uzoq vaqt namoyish qilshdi.
Navbatdagi o‘yin 15-iyun kuni "Bunyodkor" stadionida Janubiy Koreya yoki Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Ularning ikkalasi ham o‘ta kuchli jamoalar ekanini hisobga olganda o‘yin yanada qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0