Yangi tahrirdagi “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. Nimalar o‘zgardi

© Depositphotos.com / PuhhhaDevushka poluchayet posilku
Devushka poluchayet posilku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2022
Obuna bo‘lish
Hujjat bilan pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, foydalanuvchilarga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi belgilangan.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni yangi tahrirdagi “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qonunga muvofiq pochta aloqasi sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini O‘zkomnazorat (ilgari Vazirlar Mahkamasi) amalga oshiradi.

Qonun bilan qonunchilikka posilka, pochta kuryeri kabi tushunchalar kiritildi. Pochta xizmatlari pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kuryerlik xizmatlari hamda boshqa turdagi pochta xizmatlari tarzida shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Foydalanuvchilarning manziliga oid ma’lumotlar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari hamda ularning tarkibi to‘g‘risidagi axborot, pochta aloqasi operatorlari hamda provayderlarining faoliyati sohasiga kiradigan boshqa xabarlar, shuningdek ushbu pochta va kuryerlik jo‘natmalarining o‘zi pochta aloqasining sirini tashkil etadi.
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplaydi.
Pochta va kuryerlik jo‘natmasi topshirilmaganligi, o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi yoki yo‘qotilganligi, buzilganligi (shikastlanganligi) yoxud o‘tkazilgan pul mablag‘lari to‘lanmaganligi bilan bog‘liq e’tirozlar pochta va kuryerlik jo‘natmasi topshirilgan kundan e’tiboran 6 oy ichida taqdim etiladi.
Pochta xizmatlaridan foydalanuvchilar pochta aloqasi xizmatlarining boshqa foydalanuvchilariga, pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga yetkazilgan, jo‘natilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni pochta va kuryerlik jo‘natmalariga joylash natijasida yoki ular lozim darajada o‘ralmaganligi natijasida yuzaga kelgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Qonun imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi
Yangiliklar lentasi
0