Jamiyat

Hafta davomida havo harorati yana koʻtariladi

© StringerChayxana v gorode Chust (Namanganskaya oblast)
Chayxana v gorode Chust (Namanganskaya oblast) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
13 va 14 iyun kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
TOSHKENT, 13 iyun - Sputnik. Joriy haftada Oʻzbekistonda bulutli ob-havo quyoshli havoga oʻzgaradi va harorat yana koʻtariladi, deya xabar berdi “Oʻzgidromet”.
Qayd etilishicha, bugun mamlakat hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi termometr ustuni 30-35 darajadan yuqoriga koʻtarilmaydi, bu oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan biroz pastdir. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlari kuzatilishi mumkin.
Ish haftasi davomida Oʻzbekiston boʻyicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo boʻladi, faqat ayrim togʻli hududlarda yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor, shuningdek doʻl yogʻishi mumkin.
Havo harorati kechalari 16-21 daraja, kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida, janubiy va choʻl hududlarida 40-42 darajagacha boʻladi.
13 va 14 iyun kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0