https://oz.sputniknews-uz.com/20220613/rossiya-strategiyasi-aqsh-uchun-kutilmagan-boldi---oav-25269036.html
Rossiya strategiyasi AQSH uchun kutilmagan boʻldi - OAV
Rossiya strategiyasi AQSH uchun kutilmagan boʻldi - OAV
AQSH asosan rivojlangan davlatlar bilan munosabat qurayotgan vaqtda, Rossiya rivojlanayotgan davlatlar bilan iqtisodiy va harbiy aloqalar oʻrnatmoqda. 13.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-13T20:10+0500
2022-06-13T20:10+0500
2022-06-13T20:10+0500
dunyoda
rossiya
aqsh
lotin amerikasi mamlakatlari
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/13/24665805_0:97:3021:1796_1920x0_80_0_0_35efb34d574c04f5cb18421f78be9871.jpg
TOSHKENT, 13 iyun - Sputnik. Rossiyaning Nikaragua bilan munosabatlardagi strategiyasi Qoʻshma Shtatlar uchun kutilmagan boʻldi, deb yozadi Stiven Blank The Hill gazetasida.Oʻtgan hafta Lotin Amerikasi prezidenti Daniyel Ortega insonparvarlik maqsadlarida chet ellik harbiylarning mamlakatda vaqtincha boʻlishiga ruxsat berdi. Venesuela, Gonduras, Gvatemala, Kuba, Dominikan Respublikasi, Meksika, Salvador va AQSH bilan bir qatorda Rossiya ham shunday ruxsat oldi. Gap nafaqat quruqlikdagi qoʻshinlar, balki harbiy kemalar va samolyotlar haqida ham ketmoqda.Uning fikricha, Vashington oʻz harbiylarini mintaqaga joʻnatmasa kerak, biroq Rossiya, Kuba va Venesuela bu imkoniyatdan unumli foydalanishi mumkin. Rossiya kemalari Nikaraguada paydo boʻlsa, kelajakda tomonlar flotni doimiy ravishda joylashtirish toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin va bu Moskvaning Markaziy Amerikada harbiy-dengiz bazalariga ega boʻlishiga olib kelishi mumkin.Bundan tashqari, Rossiya universal taktikaga amal qiladi: rivojlanayotgan davlatlar bilan iqtisodiy va harbiy aloqalar oʻrnatadi va shu orqali xorijda taʼsirini kuchaytiradi va bu AQSH uchun kutilmagan boʻldi, deb hisoblaydi jurnalist.“Rossiya iqtisodiy cheklovlariga qaramay, bu strategiyani ishlab chiqishga muvaffaq boʻldi, chunki Amerika bu mamlakatlardagi voqealarga yetarlicha eʼtibor bermadi”, - deb ishonadi muallif.Amerika sammiti oʻtgan hafta yakunlandi. Bu Amerika qitʼasi davlat va hukumat rahbarlarining bir necha yilda bir marta oʻtkaziladigan uchrashuvidir. Bu yil forum Los-Anjelesda boʻlib oʻtdi. Biroq Kuba, Nikaragua va Venesuela delegatsiyalari u yerga taklif etilmagan, shu bois ayrim davlatlar, xususan, Meksika rahbarlari sammitda ishtirok etishdan bosh tortgan edi.
rossiya
lotin amerikasi mamlakatlari
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/05/13/24665805_128:0:2859:2048_1920x0_80_0_0_cfdb7ae5573c1e6cbb0efe90ea9465f2.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, aqsh, lotin amerikasi mamlakatlari
Rossiya strategiyasi AQSH uchun kutilmagan boʻldi - OAV
AQSH asosan rivojlangan davlatlar bilan munosabat qurayotgan vaqtda, Rossiya rivojlanayotgan davlatlar bilan iqtisodiy va harbiy aloqalar oʻrnatmoqda.
TOSHKENT, 13 iyun - Sputnik. Rossiyaning Nikaragua bilan munosabatlardagi strategiyasi Qoʻshma Shtatlar uchun kutilmagan boʻldi, deb yozadi Stiven Blank The Hill gazetasida.
Oʻtgan hafta Lotin Amerikasi prezidenti Daniyel Ortega insonparvarlik maqsadlarida chet ellik harbiylarning mamlakatda vaqtincha boʻlishiga ruxsat berdi. Venesuela, Gonduras, Gvatemala, Kuba, Dominikan Respublikasi, Meksika, Salvador va AQSH bilan bir qatorda Rossiya ham shunday ruxsat oldi. Gap nafaqat quruqlikdagi qoʻshinlar, balki harbiy kemalar va samolyotlar haqida ham ketmoqda.
"Bu Rossiya qoʻshinlarining Markaziy Amerikada birinchi muhim koʻrinishi boʻlishi mumkin. Bu Nikaragua va undan tashqarida Rossiya harbiylarining kuchliroq ishtiroki uchun asos boʻlib xizmat qiladi", - deb yozadi Blank.
Uning fikricha, Vashington oʻz harbiylarini mintaqaga joʻnatmasa kerak, biroq Rossiya, Kuba va Venesuela bu imkoniyatdan unumli foydalanishi mumkin. Rossiya kemalari Nikaraguada paydo boʻlsa, kelajakda tomonlar flotni doimiy ravishda joylashtirish toʻgʻrisida kelishib olishlari mumkin va bu Moskvaning Markaziy Amerikada harbiy-dengiz bazalariga ega boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, Rossiya universal taktikaga amal qiladi: rivojlanayotgan davlatlar bilan iqtisodiy va harbiy aloqalar oʻrnatadi va shu orqali xorijda taʼsirini kuchaytiradi va bu AQSH uchun kutilmagan boʻldi, deb hisoblaydi jurnalist.
“Rossiya iqtisodiy cheklovlariga qaramay, bu strategiyani ishlab chiqishga muvaffaq boʻldi, chunki Amerika bu mamlakatlardagi voqealarga yetarlicha eʼtibor bermadi”, - deb ishonadi muallif.
U vaziyatdan chiqish yoʻlini Vashingtonning umumiy til topishning iloji boʻlmagan Lotin Amerikasi mamlakatlariga munosabatini qayta koʻrib chiqishda koʻradi, chunki bu davlatlar yirik davlatlar - kuch markazlari kurashida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amerika sammiti oʻtgan hafta yakunlandi. Bu Amerika qitʼasi davlat va hukumat rahbarlarining bir necha yilda bir marta oʻtkaziladigan uchrashuvidir. Bu yil forum Los-Anjelesda boʻlib oʻtdi. Biroq Kuba, Nikaragua va Venesuela delegatsiyalari u yerga taklif etilmagan, shu bois ayrim davlatlar, xususan, Meksika rahbarlari sammitda ishtirok etishdan bosh tortgan edi.