Jamiyat

Rossiya va Oʻzbekiston olimlari Fargʻonada arxeologik tadqiqotlar olib bormoqda

© AN UzbekistanaRossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane
Rossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻzbekiston va Rossiya Fanlar akademiyasi hamkorligida neolit davri yodgorliklari izlanib, ularni roʻyxatga olish va zamonaviy uslub asosida oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.
TOSHKENT, 13 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston va Rossiya olimlari tomonidan Fargʻonaning qadimgi Shoʻrkol, Uzunkoʻl, Achchiq koʻl hududlarida olib borilgan dala izlanishlari natijasida tosh artefaktlar va sopol buyumlar parchalari topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
© AN UzbekistanaRossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane
Rossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2022
Rossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane
Markaziy Fargʻona choʻllarida ilk chorvachilikning tarqalishi masalalariga oydinlik kiritish maqsadida Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya va etnografiya instituti Sibir boʻlimi hamkorligida xalqaro arxeologik ekspeditsiya tashkil etildi.
Ekspeditsiya davomida neolit davri yodgorliklari izlanib, ularni roʻyxatga olish va zamonaviy uslub asosida oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.
Aytilishicha, 1950–1970-yillarda hududda olib borilgan arxeologik ishlar natijasida oʻnlab neolit davri yodgorliklari topilgan. Vaqt oʻtishi bilan ularning joylashuvi yoʻqoldi va yodgorliklarning bir qismi antropogen taʼsir natijasida vayron boʻldi.
© AN UzbekistanaRossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane
Rossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2022
Rossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane
Hozirda olimlar arxeologik qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Aniqlanishicha, vodiydagi Obishir-5 yodgorligida ilk neolit davrida ovchilik va terimchilikdan ishlab chiqarish xoʻjaligiga oʻtish boʻlgan.
“Buni toshni qayta ishlash texnologiyalarida aniqlangan oʻzgarishlar, donli ekinlarni maydalash uchun asbob-uskunalarning paydo boʻlishi, shuningdek, bundan 8 ming yil avval chorvachilik mavjudligidan dalolat beruvchi zooarxeologik va paleogenetik maʼlumotlar dalolat bermoqda”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, Fargʻona vodiysi Markaziy Osiyoning turli mintaqalarida, paleolit davridan to neolitgacha va undan keyingi davrlarda yashagan xalqlar uchun jonli tsivilizatsiya chorrahasi boʻlib kelgan.
© AN UzbekistanaRossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane
Rossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2022
Rossiyskiy i uzbekskiye uchyonыe provodyat arxeologicheskiye issledovaniya v Fergane
Yangiliklar lentasi
0