U23 Osiyo kubogi 2022: O‘zbekistonning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

© Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiU-23 Osiyo kubogi: O‘zbekiston va Iroq uchrashuvi
U-23 Osiyo kubogi: O‘zbekiston va Iroq uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2022
Obuna bo‘lish
Yaponiya jamoasi Koreya ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Mamlakatda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogida chorak final doirasidan o‘rin olgan yana bir bahs yakunlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Koreya Respublikasi va Yaponiya jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda yaponiyaliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ular yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Endilikda O‘zbekiston jamoasi final chiptasi uchun aynan ushbu jamoaga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston va Yaponiya U23 terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final bahsi 15-iyun kuni soat 21:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" stadionida 11-iyun shanba kuni O‘zbekiston U23 terma jamoasi Iroqqa qarshi hayajonli bahs olib borgan edi. Darvozabon o‘yidan chetlatilishi oqibatida jamoa butun o‘yin davomida 10 kishilik tarkib bilan o‘ynagan va mashaqqatli g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0