Dunyoda

“Biz Rossiyani tanlaymiz”. Nemislar Zelenskiyning ultimatumiga keskin javob berishdi

© AFP 2022 / RONALDO SCHEMIDTVladimir Zelenskiy v Buche
Vladimir Zelenskiy v Buche - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
ZDF oʻquvchilari: Zelenskiyning omadi yoʻq! Biz Rossiyani yaxshi koʻramiz.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Germaniyaning ZDF nashri oʻquvchilari mamlakat kantsleri Olaf Sholtsni Kiyev va Moskva oʻrtasida muvozanatni saqlashga urinishni bas qilishga chaqirgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qilishdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Bu qonxoʻr (Vladimir Zelenskiy – tahr.) biz nemislarni tinch qoʻyishi kerak. Biz mamlakatga nima kerak boʻlsa, Rossiyadan olamiz. Nega nemis xalqi oʻz farovonligidan voz kechishi kerak? Bizga Rossiya kerak”, - deb yozgan nashr oʻquvchilaridan biri.
“Rossiya gaz, uran va neftning eng katta zahiralariga ega: u jahon gʻalla yetishtirishning 19,67 foizini tashkil qiladi. Ukrainasiz Germaniya bu ishni uddalaydi, Rossiyasiz emas”, - degan boshqa oʻquvchi.
“Zelenskiyning omadi yoʻq! Biz Rossiyani yaxshi koʻramiz. Yevropa Ittifoqiga korruptsion davlat kerak emas”, - deydi yana bir nashr foydalanuvchisi.
“...biz bu ukrainalik tilanchi kabi daʼvo qilishni emas, balki juda koʻp taklif qiladigan Rossiyani tanlashimiz kerak”, - degan yana bir foydalanuvchi.
“Agar u muvozanatni saqlashni istamasa, biz bu buzuq ukrainalik tilanchiga oʻxshab shunchaki talab qilmay, taklif qiladigan Rossiyani tanlashimiz kerak”, - deb gʻazablangan boshqasi.
“Rossiya koʻplab tabiiy resurslar va boy tarixga ega dunyodagi eng yirik davlatdir. Ukraina juda yosh davlat, uning tarixi natsizmga toʻla”, - deb oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi yana bir foydalanuvchi.
“Ukrainani qoʻllab-quvvatlash qimmatga tushadi va mamlakatimiz gullab-yashnashiga keraksiz xavf tugʻdiradi. Ukrainadan voz kechish yaxshiroq boʻlardi”, - deydi boshqa sharhlovchi.
“Ajoyib paytlar keldi! Zelenskiy Sholtsdan nimanidir talab qilmoqda. Korruptsioner mamlakat prezidenti rolini oʻynagan aktyor Yevropadagi eng qudratli davlat kantsleriga buyruq beradi. Bir yil avval buni tasavvur qilib boʻlmasdi”, - deb hayron qolgan oʻquvchilardan biri.
“Komediyachi borgan sari shafqatsiz boʻlib bormoqda”, deb xulosa qilgan foydalanuvchilar.
Avvalroq, Vladimir Zelenskiy Kiyevda Germaniya rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashishdan bosh tortgandi. Bunga Shtaynmayerning Rossiya bilan yaxshi munosabatlari sabab boʻlgan.
Shundan soʻng, Germaniya kantsleri Olaf Sholts Vladimir Zelenskiy Kiyevda GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni qabul qilishdan bosh tortgani uchun sobiq Sovet respublikasiga tashrif buyurmayotganini maʼlum qilgandi.
Ukrainaning Berlindagi elchisi Andrey Melnik esa bunga javoban, Germaniya kantslerini “hafa boʻlgan kolbasa” deb atagandi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay esa, Germaniyada bir necha deputatlar Melnikni mamlakatdan chiqarib yuborish harakatiga tushgandi.
Yangiliklar lentasi
0