Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

DXR Rossiyadan qoʻshimcha ittifoqchilik kuchlarini soʻradi

© Sputnik / Sergey Averin / Fotobankka oʻtishNeskolko rayonov Donetska podverglis obstrelu
Neskolko rayonov Donetska podverglis obstrelu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
DXR rahbari Denis Pushilin Rossiyadan qoʻshimcha ittifoqchilik kuchlarini soʻradi.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Donetsk xalq respublikasi Ukraina qoʻshini tomonidan Donetskni oʻqqa tutish holatlari koʻpaygani sabab Rossiyadan qoʻshimcha ittifoqchilik kuchlarini soʻramoqda. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin maʼlum qildi.
“Ittifoqchilik kuchlarining barcha zaruriy qoʻshimcha zaruriy kuchlari, birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasining, jalb qilinadi”, - dedi Pushilin oʻz murojaatida.
Uning soʻzlariga koʻra, Kiyev haddidan oshib ketgan. Ukrainalik harbiylan urush olib borishning taqiqlangan usullaridan foydalanishmoqda. Ular Donetskning markazi va boshqa shaharlarini oʻqqa tutishmoqda.
13 iyun kuni Donetsk boʻylab mojaro boshlanganidan buyon eng kuchli zarba berildi. Bir sutka davomida DXRda 4 kishi halok boʻldi, yana 20 kishi yarador boʻldi. Ukraina harbiylari bozor va tugʻruqxonaga ham zarba berishdi.
Yangiliklar lentasi
0