Ertaga Toshkentda magnit bo‘roni kuzatiladi

© Foto : NASA/ESA/Hubble SM4 ERO TeamPlanetarnaya tumannost NGC 6302 Juk
Planetarnaya tumannost NGC 6302 Juk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
G3 darajali kuchga ega 4 ballik magnit bo‘ronlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Poytaxtliklar 15-16 iyun kunlari shimoliy yarim shardagi faol magnit bo‘ronining kuchsizroq ta’sirini o‘zlarida his qilishadi. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Aytilishicha, G3 darajali kuchga ega 4 ballik magnit bo‘ronlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
G3 daraja - ko‘pchilik uchun xavfli daraja emas.

“Magnit bo‘ronlarining yuqori xavfli darajasi nafaqat, inson salomatligi, uning kundalik ish faoliyatiga, balki aloqa, energetika tizimlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi”, - deydi u

Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomonida kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi.
Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi. Ovqatlanish ratsioniga baliq va ko‘katlarni kiritish ma’qul.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ushbu bo‘ronlar yerning qutb doiralariga yaqin Yerning magnit maydon hududlarida faol kuzatiladi.
Shuning uchun qutb doirasiga yaqin davlatlarda magnit maydon faolligini o‘rganadigan tuzilmalar mavjud va ular quyosh sirtidagi chaqnashlar, qisqacha aytganda quyosh faolligini sinchkov kuzatgan holda hududlarda magnit bo‘roni xavfini prognoz qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0