Kolumnistlar

Fukuyama qanday qilib "Putinning foydali ovsari"ga aylandi?

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Fotobankka oʻtishMejdunarodnыy biznes-forum "Strategicheskoye partnerstvo 1520"
Mejdunarodnыy biznes-forum Strategicheskoye partnerstvo 1520 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻarbda gʻaroyib munozaralar boʻlmoqda - u yerda Makronning Rossiyani kamsitmaslik haqidagi chaqirigʻi borasida bahslashishmoqda.
Masala bu yerda savolning nafaqadar nooʻrin qoʻyilganida emas - hozirgi Gʻarb bizning mamlakatimizni kamsita olmaydi. Chunki, faqatgina sizga qaram boʻlganni kamsitishi mumkin (va albatta, garchi umumiy qadriyatlar boʻlmasada, hech boʻlmaganda koordinatlar tizimi yagona boʻlsagina), biroq Gʻarb va Rossiya juftligi munosabatlari haqida gapirish mumkin emas. Yoʻq, Makronga berilgan qattiq tanbeh - (oxirgi boʻlib esa unga Xillari Klinton eʼtiroz bildirdi va bu allaqachon “oʻtilgan bosqich” ekanini aytdi) shunisi bilan ahamiyatliki, unga eʼtiroz bildirayotgan odamlar qandaydir parallel olamda yashashadi.
Shunday olamki, ular oldida aslida Rossiyani magʻlub etish mumkinligi turgani yoʻq, axir ular Rossiyani yutqazishida va hatto yutqazgan boʻlsada, qanday qilib uni magʻlub etish emas, balki iloji boricha uni zaiflashtirish borasida ishonchlari komil. Va bu haqida nafaqat siyosatchilar, balki amerikalik faylasuf Frensis Fukuyama ham mulohaza qilmoqda. Uning WELT'ga bergan soʻnggi intervyusi – ana shunday bayonotlar toʻplamidan biri xolos.
1989 yilda tarixning oxiri va liberal demokratiyaning gʻalabali yurishi davri kelishi haqidagi bashorati bilan mashhur boʻlgan odam uchun (yaʼni, tom maʼnoda - butun dunyo xalqlari endi birlashgan insoniyatning porloq kelajagi uchun Gʻarb izidan ergashadi.), muntazam ravishda spekulyativ va muvaffaqiyatsiz bayonotlar qilish aftidan odatiy holga oʻxshaydi. Va hozir Fukuyama – (darvoqe, uni Kiyevda juda yaxshi koʻrishadi va hatto Ukrainani tiklash boʻyicha Milliy Kengashga maslahatchi sifatida tayinlashdi)- belgilangan formulalarda safsata toʻqimoqda.
Ularning birinchisini u mart oyida, maxsus operatsiya boshlangan dastlabki paytlarda aytgandi. Oʻshanda professor: “Ukrainada keng liberal demokratik tuzum xavf ostida. Bu nafaqat Ukraina mamlakati uchun kurash. Aslida, 1991 yil va sobiq Sovet Ittifoqi qulashidan keyin sodir boʻlgan liberal demokratiya hukmronligini ortga qaytarishdir”.
Yaʼni, avvalroq Fukuyamaning oʻzi eʼtirof etgan liberalizm gʻalabasi barbod boʻlishi endi goʻyo muvaffaqiyatsizlik ham, haqiqat ham boʻlgan emas. Shunchaki, ruslar “muqarrarlikni” bekor qilishga, vaqtni orqaga qaytarishga harakat qilmoqda va ularga kurashish gʻalaba qozonish va insoniyatni tarixning toʻgʻri yoʻliga qaytarish kerak. Iyun oyining boshiga kelib, Fukuyama hamma narsa ajoyib ketayotganiga, Rossiya deyarli magʻlubiyatga uchraganiga va yangi dunyo tartibi kelayotganiga (aniqrogʻi, qaytib kelishiga) amin edi:
“Ha, bu yangi tartib hozir shakllanmoqda. Bu Gʻarb demokratiyasi lagerining Rossiya va Xitoy kabi avtoritar rejimlarga qarshi koʻp yillik kurashi natijasidir. Bu urush bu jarayonga toj oʻrnatadi. Rossiya magʻlubiyatga yaqin, keyin jang maydonida bir qator magʻlubiyatlar boʻlgan va endi Ukraina armiyasi uni Donbassdan haydab chiqaradi. Bu Putinning halokatli muvaffaqiyatsizligi. U magʻlub boʻlib chiqdi. Va nafaqat bu urushda. Bu tamomila siyosiy muvaffaqiyatsizlik”.
NATO, ehtimol, Shvetsiya va Finlyandiya hisobiga kengayadi. Gʻarb uzoq vaqtdan buyon bu qadar birlashgan emas. Germaniya oʻzining 40 yillik sharqiy siyosatini qayta koʻrib chiqdi va Ukrainani ogʻir qurollar bilan taʼminlamoqda. AQSH Tramp davrida yoʻqotilgan yetakchi rolini yana eʼlon qildi. Gʻarb hujumga uchragan Ukrainaga katta yordam koʻrsatmoqda. <...> Rossiyaga oʻzi tushib ketgan bu tubsizlikdan chiqib ketishi juda qiyin boʻladi. Xuddi Shimoliy Koreya kabi xalqaro dunyo tartibidan chiqarib tashlanadi”.
Agar sizga Fukuyamaning optimizmi qandaydir voqelikdan butunlay uzilib qolgandek tuyulsa, demak bu optimizm nimaga asoslanayotganini shunchaki tushunmaysiz. Professorning esa Rossiya Prezidenti haqida yaxlit nuqtai nazari ham bor:
“Putin hech qanday cheklovlarsiz, yolgʻiz oʻzi hukmronlik qiladi. Bundan tashqari, u axborot va ekspertlar maslahatidan ham uzilib qolgan. U oʻzining yolgʻon gʻoyalari olamida yashaydi. Ukraina esa bunga misol. Uning bu haqida oʻziga toʻqib olgan xayollari notoʻgʻri, ammo u oʻz xomxayollariga qattiq ishonadi, chunki bitta odam hukmronligini yaratib olgan. Bundan tashqari, uning ruhiy muammolari bor. U paranoik shaxs. U hech kimga quloq solmaydi va fantaziyalariga berilib ish tutadi. Ammo bu har qanday avtoritar mamlakat uchun oddiy tahdid”.
Albatta bizning koʻp yillardan buyon “rejimga qarshi kurashchilarimiz” aynan shunday deb takrorlab kelishgan: Putin shunchaki diktator- paranoik. Ehtimol, bularni Fukuyamaning soʻnggi yillarda Kiyevga juda koʻplab tashriflari davomida ukrain doʻstlari va bizning “yarimemmigrant”larimiz gapirib berishgan boʻlishsa kerak. Qanday qilib shunday bilimli, boz ustiga senga “liberalizm gʻalabasi” borasida hamfikr boʻlgan insonlarga ishonmaslik mumkin?
Yagona muammo shundaki, bunday “hayrixohlik”ning Fukuyama ifodalayotgan ilm-fanga hech qanday aloqasi yoʻq –Putin “paranoik, axborotdan uzilgan” boʻlgani uchun “Ukrainaga hujum qildi” deb ishonish - juda akademik yondashuv. Rossiyaning Gʻarb bilan munosabatlari tarixi, umuman olganda, zamonaviy geosiyosiy jarayonlar va tendentsiyalar esa - hammasi yuzakilik, qoʻying bu mavzular bilan sariq matbuot mazza qilsin, Stenford professoriga bunday ishlar bilan shugʻullanishga kim qoʻyibdi.
Bizchi? Bizning Fukuyama va uning navbatdagi bashoratlari bilan qanday ishimiz bor oʻzi? Ammo bunda ikki vaziyat qiziq.
Birinchidan, Gʻarb tomonidan karomat koʻrsatuvchi va eng nufuzli faylasuf deb eʼlon qilingan, professorning materialni yaxshi bilmaydigan, tarix rivojini his etmaydigan oddiy targʻibotchiga aylanishi. Va bularga qaramay - bu ikkinchisi – Fukuyama hamon Gʻarb uchun muhim savollarga javob beradigan nufuzli mutafakkir boʻlib qolmoqda. Yaʼni, koʻr koʻrni boshqaradi - afsuski, aynan shunday. Soros, Fukuyama va boshqa globallashuv gurularga hamon talab bor va nafaqat jamoatchilik tomonidan balki Gʻarb uchun kun tartibini shakllantiradiganlarga ham.
Va bu bir vaqtning oʻzida juda yomon va juda yaxshi belgi. Yomon, chunki bu Atlantika dunyosining boshqaruv va intellektual qarorlar qabul qilish markazining adekvatlilikda zaif ekanliklarini koʻrsatadi. Kuchlar - va ulkan kuchlar - hamon bor, ammo aql etarli emasligi aniq. Qarama-qarshilik va tashvish kuchaygan vaziyatda, uygʻunlik kamaymaydi, balki qarama-qarshilik stsenariysining mojaroga aylanish xavfini oshiradi.
Yaxshi belgi shundaki, Rossiyani, bizning voqeliklarimiz va maqsadlarimizni yomon tushunish, shuningdek, magʻlubiyatimizga garov tikish bizning oʻzimiz uchun foydali. Shuning uchun, “Putin uchun foydali telbalari” (Gʻarb Rossiya bilan halol muloqot tarafdorlarini shunday deb atashni yaxshi koʻradi), qayerdagi Shreder yoki Berluskoni emas, balki Soros va Fukuyamadir.
Yangiliklar lentasi
0