Video

Jurnalistlar “Azovstalning” yer ostidagi chalkash yoʻllarida nimalarni koʻrishdi – video

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
U yerda yaqin vaqtgacha ukrainalik harbiylar va “Azov” polkining millatchilari yashirinib yotishgandi.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. RIA Novosti muxbiri Mariupoldagi “Azovstal” zavodining yer ostidagi chalkash aylanma yoʻllarida boʻldi. U yerda yaqin vaqtgacha ukrainalik harbiylar va “Azov” polkining millatchilari yashirinib yotishgandi.
Rossiya Mudofaa vazirligi 20 may kuni “Azovstal” hududi toʻliq ozod qilinganini xabar qildi. Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, u yerda boʻlgan jami 2439 nafar “azovchi” va ukrainalik harbiylar qurolini tashlab taslim boʻlgan. Ular zavod hududida bir oycha qamalda qolishgandi.
RIA Novosti muxbiri boshqa xorijlik jurnalistlar guruhi bilan zavodning yer ostidagi hududiga tushdi va jangarilar boʻlgan va u yerdan turib jonli efirga chiqqan joylarida boʻldi.
U yerdagi vaziyatga qaraganda, ukrainalik jangarilarning hali oziq-ovqati boʻlgan. Uxlash uchun ular uch qavatli soʻrilardan foydalanishgan.
Devorlardagi yozuvlardan birida Vladimir Zelenskiyni xoinlikda aylashgan: “Zelya - zradnik” (Zelenskiy - xoin), boshqasida halok boʻlgan “azovchining” surati boʻlgan.
“Yoʻq qilishga ulgurishmagan”: “Azovstal” bunkerlarida nimalar topildi?
Yangiliklar lentasi
0