https://oz.sputniknews-uz.com/20220614/mansabdorlar-25275880.html
Ochiqlik qoidalarini buzgan mansabdorlar maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin
Ochiqlik qoidalarini buzgan mansabdorlar maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha... 14.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-14T11:12+0500
2022-06-14T11:12+0500
2022-06-14T11:12+0500
jamiyat
oʻzbekiston oliy majlisi senati
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/0c/22163040_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_83fc93fd2b0b372dfc8a31ad7d7fa29d.jpg
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.Senatning yigirma yettinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qonun koʻrib chiqildi.Bu hujjat bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.Unga koʻra mansabdor shaxslar quyidagilar uchun jarima toʻlaydi:Ochiqlik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha maʼmuriy jarimaga tortilish nazarda tutilmoqda.Agar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, jarima besh baravaridan oʻn baravarigacha oshiriladi.Senatorlar bu qonunni maʼqullashdi.Qayd etish joiz, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining veb-saytiga yolgʻon axborotlarni joylashtirish, nomuvofiq normativ leksikani qoʻllash, zoʻravonlikni targʻib etuvchi, diniy va millatlararo adovat qoʻzgʻatuvchi axborotlar mavjud resurslarni joylashtirish taʼqiqlanadi.Tashkilot rahbarlari veb-saytda joylashtirilayotgan axborotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.Maʼlumot uchun, shu yilning 1 yanvar holatiga “Ochiqlik indeksi” yuzasidan oʻtkazilgan monitoring yakuni boʻyicha tuzilgan reytingda Adliya vazirgi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yuqori darajada baholangan.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/01/0c/22163040_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_366935b791c08f414fbc2f0ee99642fa.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston oliy majlisi senati
Ochiqlik qoidalarini buzgan mansabdorlar maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha maʼmuriy jarima qoʻllanilishi mumkin.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka
tortiladi. Senatning yigirma yettinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qonun koʻrib chiqildi.
Bu hujjat bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Unga koʻra mansabdor shaxslar quyidagilar uchun jarima toʻlaydi:
Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtiriladigan, ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatiga kiritilgan maʼlumotlar (toʻliq) eʼlon qilinmasa;
Maʼlumotlarni eʼlon qilishda muddat va tartibga rioya etilmasa;
Maʼlumotlar buzib koʻrsatilsa.
Ochiqlik toʻgʻrisidagi qoidalar buzilsa, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha maʼmuriy jarimaga tortilish nazarda tutilmoqda.
Agar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, jarima besh baravaridan oʻn baravarigacha oshiriladi.
Senatorlar bu qonunni maʼqullashdi.
Qayd etish joiz, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining veb-saytiga yolgʻon axborotlarni joylashtirish, nomuvofiq normativ leksikani qoʻllash, zoʻravonlikni targʻib etuvchi, diniy va millatlararo adovat qoʻzgʻatuvchi axborotlar mavjud resurslarni joylashtirish
taʼqiqlanadi.Tashkilot rahbarlari veb-saytda joylashtirilayotgan axborotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, shu yilning 1 yanvar holatiga “Ochiqlik indeksi” yuzasidan oʻtkazilgan monitoring yakuni boʻyicha tuzilgan reytingda Adliya vazirgi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yuqori darajada
baholangan.