https://oz.sputniknews-uz.com/20220614/qirgiziston-va-tojikiston-chegarasida-yana-otishma-yuz-berdi--25275677.html
Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida yana otishma yuz berdi
Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida yana otishma yuz berdi
Taʼkidlanishicha, ikki tomon chegarachilari darhol jangovar pozitsiyalarni egallagan. Qirgʻizistonning Botken viloyati boʻyicha chegara vakili va Tojikistonning Soʻgʻd viloyati boʻyicha chegara vakili telefon orqali suhbatlashgan.
2022-06-14T10:59+0500
2022-06-14T10:59+0500
2022-06-14T11:07+0500
dunyoda
tojikiston
qirgʻiziston
qirgʻiz-tojik chegarasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/06/19112395_0:211:2893:1838_1920x0_80_0_0_f13376cca8755441cd3d8851a05c322e.jpg
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida yana otishma yuz berdi.Sputnik Qirgʻizistonning Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara xizmati matbuot xizmati maʼlumotlariga tayanib yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 7:00 atrofida Botken viloyati Botken tumanidagi Buloqboshi qishlogʻida Tojikistonning “Kex” chegara posti tomonidan Qirgʻizistonning “Buloqboshi” chegara postiga qarata oʻq uzilgan. Bunga javoban Tojikiston postiga qarata javob oʻqi uzilgan.Taʼkidlanishicha, ikki tomon chegarachilari darhol jangovar pozitsiyalarni egallagan. Qirgʻizistonning Botken viloyati boʻyicha chegara vakili va Tojikistonning Soʻgʻd viloyati boʻyicha chegara vakili telefon orqali suhbatlashgan. Voqea joyiga tomonlarning chegara otryadlari boshliqlari joʻnab ketgan.Ayni paytda otishma sabablarini aniqlashtirish va vaziyat kuchayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tomonlarning chegara vakillari uchrashuv oʻtkazmoqda.Soat 8:40 holatiga koʻra, ikki davlat chegarasida vaziyat keskin deb baholangan.Oʻz navbatida Sputnik Tojikistonning oʻz manbasiga tayangan holda xabar berishicha, qirgʻizistonlik chegarachilar ogohlantirishsiz oʻt ochishgan.Nashrning Vorux jamoati maʼmuriyatidagi manbasi otishma oqibatida Tojikiston tomonidan bir nafar harbiy halok boʻlganini tasdiqlagan. Hozir uning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.Rasmiy Dushanbe voqea yuzasidan hozircha munosabat bildirmagan.Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasining uzunligi 970 kilometrni tashkil qiladi. Shundan 460 kilometr masofa yuzasidan ikki davlat oʻrtasida kelishuv mavjud emas, buning oqibatida chegarada turli nizolar sodir boʻladi, ikki mamlakat vakillari ham chegaradagi bir qator hududlar oʻzlariga tegishli ekanini daʼvo qilishi oqibatida aholi yoki chegarachilar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelib turadi.
tojikiston
qirgʻiziston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/06/19112395_81:0:2812:2048_1920x0_80_0_0_727c721263ed0788e3aa0d1049a7e819.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
tojikiston, qirgʻiziston, qirgʻiz-tojik chegarasi
Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida yana otishma yuz berdi
10:59 14.06.2022 (yangilandi: 11:07 14.06.2022) Navbatdagi otishmada Tojikiston tomonidan qurbon borligi aytilmoqda.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida yana otishma yuz berdi.
Sputnik Qirgʻizistonning Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara xizmati matbuot xizmati maʼlumotlariga
tayanib yozishicha, mahalliy vaqt bilan soat 7:00 atrofida Botken viloyati Botken tumanidagi Buloqboshi qishlogʻida Tojikistonning “Kex” chegara posti tomonidan Qirgʻizistonning “Buloqboshi” chegara postiga qarata oʻq uzilgan. Bunga javoban Tojikiston postiga qarata javob oʻqi uzilgan.
Taʼkidlanishicha, ikki tomon chegarachilari darhol jangovar pozitsiyalarni egallagan. Qirgʻizistonning Botken viloyati boʻyicha chegara vakili va Tojikistonning Soʻgʻd viloyati boʻyicha chegara vakili telefon orqali suhbatlashgan. Voqea joyiga tomonlarning chegara otryadlari boshliqlari joʻnab ketgan.
“Ammo soat "7:50 da Tojikiston tomoni granatomyot va minomyotlarni qoʻllab yana oʻt ochdi. Soat 8:10 da otishma toʻxtadi”, - deyilgan xabarda.
Ayni paytda otishma sabablarini aniqlashtirish va vaziyat kuchayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tomonlarning chegara vakillari uchrashuv oʻtkazmoqda.
Soat 8:40 holatiga koʻra, ikki davlat chegarasida vaziyat keskin deb baholangan.
Oʻz navbatida Sputnik Tojikistonning oʻz manbasiga tayangan holda
xabar berishicha, qirgʻizistonlik chegarachilar ogohlantirishsiz oʻt ochishgan.
“Sahar ertalab ular hatto minomyot qoʻllashdi. Natijada tojikistonlik chegarachilar ham oʻt ochishdi. Afsuski, otishma sadolari hozir ham eshitilib turibdi”, - degan manba.
Nashrning Vorux jamoati maʼmuriyatidagi manbasi otishma oqibatida Tojikiston tomonidan bir nafar harbiy halok boʻlganini
tasdiqlagan. Hozir uning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Rasmiy Dushanbe voqea yuzasidan hozircha munosabat bildirmagan.
Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasining uzunligi 970 kilometrni tashkil qiladi. Shundan 460 kilometr masofa yuzasidan ikki davlat oʻrtasida kelishuv mavjud emas, buning oqibatida chegarada turli nizolar sodir boʻladi, ikki mamlakat vakillari ham chegaradagi bir qator hududlar oʻzlariga tegishli ekanini daʼvo qilishi oqibatida aholi yoki chegarachilar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelib turadi.