Migratsiya

Qozogʻistonda oʻzbekistonliklarning rasmiy roʻyxatga olish jarayoni nazoratga olindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPosolstvo Uzbekistana v gorode Nur-Sultane.
Posolstvo Uzbekistana v gorode Nur-Sultane. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avvalroq Qozogʻistonning Atirau shahridagi Aholiga xizmat koʻrsatish markaziga mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari yogʻilib kelayotgani haqidagi xabar tarqalgandi.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Qozogʻistonning Atirau shahrida Oʻzbekiston fuqarolarini rasmiy roʻyxatga olish jarayoni bilan bogʻliq vaziyatni mamlakat Bosh konsulxonasi doimiy nazoratga oldi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qozogʻistonning Atirau shahridagi Aholiga xizmat koʻrsatish markaziga mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari turnaqator navbatlarda turishgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, 13 iyun kuni mamlakat bosh konsul Otabek Tursinbekov Atirau shahridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish markazidagi vaziyat boʻyicha markaz rahbari Musa Xayrulliyev bilan telefon orqali muloqot qilgan. Muloqotdan soʻng markazda fuqarolarni qabul qilish boʻyicha xodimlar soni 10 nafardan 26 nafarga koʻpaytirilgan, fuqarolarni qabul qilish vaqti esa soat 00:00 ga qadar uzaytirilgan.
Shu vaqtga qadar 1,1 ming nafar fuqaroning hujjatlari qabul qilingan. Shundan 800 nafarining hujjatlari koʻrib chiqilib, ijobiy hal qilingan. Mazkur masala boʻyicha Qozogʻiston Raqamli rivojlantirish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vazirligidan ham vakillar kelishib, markazdagi vaziyat oʻrganilgan va nazoratga olingan.
Taʼkidlanishicha, mahalliy hokimiyat ham bu masalani ijobiy hal qilish boʻyicha barcha choralarni koʻrmoqda.
“Atirau shahridagi Oʻzbekiston fuqarolarini rasmiy roʻyxatga olish jarayoni bilan bogʻliq vaziyat Atirau viloyati hokimiyati va vakolatli idoralari hamda mamlakatdagi Bosh konsulxona tomonidan doimiy nazoratga olingan”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0