Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya “Azot” kimyo zavodidan fuqarolarni evakuatsiya qilish uchun gumanitar yoʻlak ochadi

© Sputnik / Viktor AntonyukDыm ot pojarov na zavode "Azot"
Dыm ot pojarov na zavode Azot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ukraina harbiylariga qarshilik koʻrsatishni bas qilish va taslim boʻlish taklif etilgan.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Rossiya va LXR Qurolli kuchlari 15 iyun kuni Severdonetskdagi “Azot” zavodida ushlab turilgan tinch aholini evakuatsiya qilishga oid operatsiyani oʻtkazishga tayyor. Bu haqda Rossiya Mudofaani boshqarish milliy markazi boshligʻi general-polkovnik Mixail Mizintsev maʼlum qildi.
“Insoniylik tamoyillariga amal qilib, Rossiya Qurolli kuchlari va Lugans xalq respublikasi guruhlari tinch aholini evakuatsiya qilishga oid operatsiyani oʻtkazishga tayyor. Buning uchun 15 iyun kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha shimoliy yoʻnalishda (LXRning Svatovo shahriga) gumanitar yoʻlak ochiladi”, - dedi u.
Mizintsevning soʻzlariga koʻra, zavoddagi barcha tinch aholini evakuatsiya qilish xavfsizligiga kafolat beriladi. Ular gumanitar kolonna tarkibida vaqtinchalik turar joylariga olib borilib joylashtiriladi.
General “Azot” zavodidagi ukrainalik milliy batalon jangari, xorijiy yollanmalarga har qanday jangovar harakatlarni toʻxtatishni va tinch aholini bu gumanitar yoʻlagi orqali qoʻyib yuborishni taklif qilgan. Shuningdek, Ukraina harbiylariga qarshilik koʻrsatishni bas qilish va taslim boʻlish taklif etilgan.
Yangiliklar lentasi
0