https://oz.sputniknews-uz.com/20220614/toshkent-erusti-halqa-metrosining-ikkinchi-bosqichi-qachon-qurib-bitkaziladi-25273199.html
Toshkent yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichi qachon qurib bitkaziladi
Toshkent yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichi qachon qurib bitkaziladi
Ikkinchi bosqich doirasida 7 ta yangi bekat ochilishi kutilmoqda. Metropoliten uchun 14 ta yangi poyezd olib kelinadi. 14.06.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-06-14T09:25+0500
2022-06-14T09:25+0500
2022-06-14T09:25+0500
jamiyat
metro
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/0e/25273044_0:66:1281:786_1920x0_80_0_0_c9f54df77cbe0d1af0050bad9ba97de4.jpg
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Toshkent yerusti metrosining ikkinchi bosqichi doirasida beshta bekatni shu yil yakunida va qolgan ikkitasini kelgusi yil Navroʻzda ishga tushirish moʻljallangan. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropoliteni infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Davlat rahbariga qurilayotgan yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini davom ettirib, Sergeli yoʻnalishi bilan bogʻlash, zamonaviy qurilish uslublarini tatbiq etish, metro poyezdlarini yangilash, yoʻlovchi oqimini yanada oshirish rejalari haqida axborot berildi.Mirziyoyev barcha yoʻllarda insonlarga qulaylik va xavfsizlik birinchi oʻrinda boʻlishi lozimligini taʼkidladi. Metropoliten uchun 14 ta yangi poyezd olib kelish, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2022-2025 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.Yangi metropoliten yoʻnalishi boʻyida joylashgan mahallalarni obodonlashtirish muhimligi taʼkidlandi. Loyihalarni takomillashtirib, qaror loyihasi ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/06/0e/25273044_72:0:1207:851_1920x0_80_0_0_ac45422ec84cb229576b6d85fcc2d265.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
metro
Toshkent yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichi qachon qurib bitkaziladi
Ikkinchi bosqich doirasida 7 ta yangi bekat ochilishi kutilmoqda. Metropoliten uchun 14 ta yangi poyezd olib kelinadi.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Toshkent yerusti metrosining ikkinchi bosqichi doirasida beshta bekatni shu yil yakunida va qolgan ikkitasini kelgusi yil Navroʻzda ishga tushirish moʻljallangan. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar bermoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropoliteni infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Davlat rahbariga qurilayotgan yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini davom ettirib, Sergeli yoʻnalishi bilan bogʻlash, zamonaviy qurilish uslublarini tatbiq etish, metro poyezdlarini yangilash, yoʻlovchi oqimini yanada oshirish rejalari haqida axborot berildi.
“Maʼlumki, yerusti metrosining ikkinchi bosqichi doirasida beshta bekatni shu yil yakunida va qolgan ikkitasini kelgusi yil Navroʻzda ishga tushirish moʻljallangan. Bu orqali 62 ta mahalladagi 250 mingga yaqin aholi metropoliten bilan qamrab olinadi”, - deyilgan xabarda.
Mirziyoyev barcha yoʻllarda insonlarga qulaylik va xavfsizlik birinchi oʻrinda boʻlishi lozimligini taʼkidladi. Metropoliten uchun 14 ta yangi poyezd olib kelish, yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2022-2025 yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Yangi metropoliten yoʻnalishi boʻyida joylashgan mahallalarni obodonlashtirish muhimligi taʼkidlandi. Loyihalarni takomillashtirib, qaror loyihasi ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.