Turizm obyektlarining sanitariya-gigiyena holati o‘rganiladi

© SS0 / Unsplash / Artem BryzgalovSamarkand, Uzbekistan
Samarkand, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
Iyun-sentabr oylarida respublika ishchi guruhlari joylarga chiqqan holda o‘rganishlar olib boradi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. 2022-2023 yillarda respublikadagi barcha turizm namoyishi, aeroport, vokzal va avtoshohbekatlarda “Sanitariya inqilobi” amalga oshiriladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, iyun-sentabr oylari davomida turli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlaridan iborat respublika ishchi guruhi joylarga chiqqan holda o‘rganishlar olib boradi.
“Respublikadagi barcha turizm namoyishi obyektlarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjudligi, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligi bo‘yicha xatlov o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda.
Sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjud bo‘lmagan obyektlarda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari quriladi va ta’mirlanadi. Ularda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yosh bolali ota-onalar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratiladi.
O‘zbekistonda 34 ta madaniy meros obyekti qayta tiklanadi
Yangiliklar lentasi
0