Siyosat

Andijon shahri va Qoʻshrabod tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

© © Sputnik / Aleksey DanichevMujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto
Mujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻofurjon Abdurahmonov Andijon shahriga, Dilshod Shakarboyev esa Qoʻshrabot tumaniga hokim boʻldi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Andijon shahri va Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida oʻtkazilgan Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyalarida deputatlar tomonidan yangi hokim lavozimlariga nomzodlar tasdiqlandi.
Unga koʻra, Qoʻshrabot tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Himmat Oqboʻtayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan oʻz arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Shakarboyev Dilshod Davronovich nomzodi Qoʻshrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Mazkur tayinlovga qadar u Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Andijon viloyati Andijon shahar hokimi etib Abdurahmonov Gʻofurjon Gulamjanovich tayinlandi.
Tayinlovga qadar u ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruv raisining maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0