Sport

Diyorbek Ermatov ogʻir atletika boʻyicha JChda 3 ta medalga sazovor boʻldi

© Foto: NOK UzbekistanaDiyorbek Ermatov
Diyorbek Ermatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻzbekistonlik Diyorbek Ermatov ikkita kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Meksikaning Leon shahrida boʻlib oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻzbekistonlik Diyorbek Ermatov ikkita kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ermatov dast koʻtarishda 133 kgni oʻziga boʻysundirib, kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, siltab koʻtarishda esa 157 kg toshni koʻtarib, bronza medaliga sazovor boʻldi.
Ikki mashq yakuni boʻyicha umumiy hisobda 290 (133+157) kg natija koʻrsatgan Diyorbek Ermatov qozogʻistonlik ogʻir atletikachi Yedige Yemberdiga 306 (134+172) kg imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrinni kanadalik Brayan Ibanez egalladi — 288 (132+156) kg.
Musobaqada dunyoning 40 ga yaqin davlatidan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0