Farg‘onada Rossiya bilan qo‘shma korxonalar tashkil etiladi

© Farg‘ona viloyati hokimligi Farg‘ona
Farg‘ona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyadan O‘zbekistonga import qilib kelinayotgan xomashyo hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarni Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Farg‘onada Rossiyaning Sverdlovsk viloyati kompaniyalari bilan hamkorlikda qo‘shma ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Akmal Po‘latov boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan Sverdlovsk viloyatida bo‘lib turibdi.
© Farg‘ona viloyati hokimligiFarg‘ona
Farg‘ona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Farg‘ona
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Nijniy Tagil shahrida joylashgan “Uralximplast” korxonasini borib ko‘rdi. 1938-yilda asos solingan turli sanoat tarmoqlari uchun sintetik qatron (smola) yetkazib beruvchi Rossiyadagi yetakchi korxonalardan biri “Uralximplast” rahbariyati bilan o‘zaro hamkorliik aloqalarini o‘rnatish bilan bog‘liq masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv yakunida korxonada ishlab chiqarilayotgan va hozirgi kunda O‘zbekistonga import qilib kelinayotgan xomashyo hamda ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarni Farg‘ona viloyatida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Farg‘ona va Sverdlovsk viloyatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik, charm-poyabzal sanoati mahsulotlarini eksporti hajmini oshirish, mashinasozlik, qurilish mahsulotlari, qog‘oz ishlab chiqarish va yog‘ochni qayta ishlash sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tadbirkorlar takliflari asosida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini o‘rganishdan iborat.
© Farg‘ona viloyati hokimligiFarg‘ona
Farg‘ona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Farg‘ona
“Viloyatimiz vakillari Yekaterinburg shahrida joylashgan “Reduktor” OAJ reduktorlar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyurishdi va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida “Reduktor” kompaniyasi rahbari Ivan Graznov hamda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatuvchi “Oil Filter technologies” MChJ QK ta’sischisi Mashhur Xusainovlar o‘rtasida Farg‘ona viloyatida reduktorlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. Dastlabki bosqichda, texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olindi”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0