Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishInjenernie voyska vosstanavlivayut infrastrukturu v Xersonskoy oblasti
Injenernie voyska vosstanavlivayut infrastrukturu v Xersonskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Rossiya Mudofaa vazirligi 1ta samolyot, 10ta tank, 3ta "Grad" 11ta yartilleriya quroli 4ta gaubitsa va yana boshqa ko‘plab harbiy texnikasini yo‘q qildi.
TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari qanotli raketalar yordamida NATO davlatlari Ukrainaga yetkazib bergan qurol-aslaha omborini yo‘q qildi. Bu haqida Mudofaa vazirligi brifingida xabar qildi.
Mudofaa vazirligining ertalabgi brifingidan asosiy faktlar:
Lvov viloyatidagi "Kalibr" raketalari yordamida Ukrainaga NATO davlatlari tomonidan yetkazib berilgan chet el qurollari ombori, shu jumladan 155 mm M777 gaubitsalarini yo‘q qilindi;
Rossiya Aerokosmik kuchlari Nikolayev viloyatida Voznesensk harbiy aerodromida Ukraina Harbiy-havo kuchlarining aviatsiya texnikasini yo‘q qildi;
Dnepropetrovsk viloyatida Donbassdagi Ukraina guruhi uchun AQSh va Yevropa davlatlaridan olib kelingan katta miqdordagi qurol-yarog‘ va harbiy texnikani yo‘q qildi;
RF Qurolli Kuchlari havo hududini boshqarish radarini, Buk-M1 havo mudofaa tizimini, o‘q-dorilar omborini, Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita qo‘mondonlik punkti va aloqa markazini yo‘q qildi;
Aviatsiya yordamida 300 nafar millatchi yo‘q qilindi;
Xarkov viloyatidagi elektron kurash markazi, 10ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalarni, uchta "Grad" reaktiv tizimi, 18 ta maxsus mashina, uchta minomot ekipaji bilan, 11 dala artilleriya qurollari, shu jumladan to‘rtta 155 mm M777 gaubitsasini yo‘q qildi;
Bir dona Su-25 samolyotini urib tushirdi;
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari oltita UAVni urib tushirdi va "Uragan" reaktiv tizimlarining 12ta snaradi tutib olindi;
Raketa qo‘shinlari va artilleriya 313 ta ishchi kuchi va harbiy texnika to‘plangan hududga, 43 ta qo‘mondonlik punktlariga, Ukraina Qurolli kuchlari artilleriya bo‘linmalarining 62 ta o‘q otish joylariga zarba berdi.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0