Medvedev ikki yildan keyin Ukraina mavjud bo‘lishiga shubha bildirdi

© Sputnik / Ekaterina ShtukinaZamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto
Zamestitel predsedatelya Soveta bezopasnosti RF Dmitriy Medvedev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari bir necha yildan keyin dunyo xaritasida Ukraina kabi davlat yo‘q bo‘lib ketishini istisno qilmadi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ikki yildan keyin dunyo xaritasida Ukraina bo‘lishiga shubha bildirdi. Bu haqda u o‘zining telegram kanalida post yozib qoldirdi.
Medvedev o‘z posti bilan Ukrainaning lend-liz asosida suyultirilgan tabiiy gazni ikki yildan pulini to‘lash bilan sotib olish rejalariga munosabat bildirgan.
“Faqat savol. Kim aytdiki, ikki yildan keyin Ukraina umuman dunyo xaritasida bo‘ladi?”, - deya yozgan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “amerikaliklarga allaqachon farqi yo‘q”.
“Ular “anti-Rossiya” loyihasiga shunchalik sarmoya kiritishdiki, qolgan narsalar ular uchun hech narsa emas”, - deya xulosa qilgan siyosatchi.
Yangiliklar lentasi
0