Osiyo kubogi-2023 saralashi. Oʻzbekiston Tailand ustidan gʻalaba qozondi
“Oq boʻrilar” Osiyo kubogi-2023 yoʻlida har uchala raqiblarini magʻlub etishdi va birorta ham gol oʻtkazib yubormaslikka muvaffaq boʻlishdi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2023 yilda oʻtkaziladigan futbol boʻyicha Osiyo kubogining saralash bosqichi doirasida Tailand jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Namanganda oʻtgan oʻyinning 8-daqiqasida Jaloliddin Masharipov hisobni ochdi. 23-daqiqaga kelib Azizbek Turgʻunboyev farqni ikkitaga oshirdi.
Shu tariqa “oq boʻrilar” 2:0 hisobida Tailand ustidan zafar quchishdi va oʻz guruhida 1-oʻrin bilan Osiyo kubogiga yoʻl oladigan boʻlishdi. Srechko Katanets shogirdlari ushbu oʻyin boshlanishidan avval Osiyo kubogi yoʻllanmasini qoʻlga kiritib boʻlgan edi.
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana

1/11
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana

2/11
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana

4/11
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana

5/11
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana

6/11
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana

7/11
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana

8/11
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana

10/11
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana

11/11
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston saralash bosqichi doirasida Shri-Lanka va Maldiv orollari terma jamoalarini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratgan edi. Qayd etish joizki, terma jamoa har uchala oʻyinda darvoza yaxlitligini saqlab qolishga muvaffaq boʻldi.