O‘zbekiston Rossiya hamkorligida zilzila darakchilarini aniqlash uskunasini ishga tushiradi

© O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbekiston Rossiya hamkorligida zilzila darakchilarini aniqlash uskunasini ishga tushuradi
O‘zbekiston Rossiya hamkorligida zilzila darakchilarini aniqlash uskunasini ishga  tushuradi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
SeysmUskuna yordamida yerosti suvlaridagi uglerod, kislorod, vodorod, oltingururt, azot izotoplari nisbatlari o‘lchanadi. Uskuna narxi 450 ming dollar.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Gidrogeoseysmologiya laboratoriyasida rossiyalik mutaxassislar ishtirokida Mass-spektometr uskunasini montaj-sozlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Aytilishicha, Rossiyadagi “MIT” MChJ korxonasining uskuna muhandis sozlovchilari S.V.Ovchinnikov va D.A.Grishin Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutiga tashrif buyurgan.
“Mazkur uskuna o‘ta murakkab qismlardan iborat bo‘lib, uni montaj va sozlash ishlari katta mahorat va malaka talab etadi”, - deyiladi xabarda.
Uskuna ishga tushirilganidan so‘ng, respublikadagi mavjud quduqlarning yerosti suvlaridan olingan namunalar asosida zilzila darakchilarini izlash imkoni yaratiladi.
Uskuna yordamida yerosti suvlaridagi uglerod, kislorod, vodorod, oltingururt, azot izotoplari nisbatlari o‘lchanadi.
Elementlarning genetik bog‘lanishlari haqida axborot olish hamda izchil tahlillar asosida zilzila sodir bo‘lishi anomaliyalarining mexanizmi tadqiq qilinadi.
Ma’lumot uchun, ushbu uskuna 435 ming dollar qiymatiga teng bo‘lib, u prezident tomonidan qabul qilingan PQ-3365-sonli qarori asosida xarid qilindi.
Yangiliklar lentasi
0