Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVistavka "Innoprom" v Tashkente
Vistavka Innoprom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
“Olmaota-Toshkent” yo‘nalishida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus avariyaga uchragan va avtobusda yong‘in kelib chiqqan.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Qozog‘istonning Jambul viloyatida Jambul rayonida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 15-iyun kuni Qozog‘iston vaqti bilan soat 03:10 da Jambul tumanidan o‘tuvchi “Olmaota-Toshkent” avtomobil yo‘lining 545 km. da trikotaj mahsulotlari ortilgan yuk mashinasida yong‘in chiqqan.
Buning natijasida avtomobil yo‘lida tirbandlik yuzaga kelgan va soat 03:40 larda bu yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinasi 2 ta yo‘lovchi tashish avtobusi va 1 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida bu avtotransport vositalarida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in sodir bo‘lgan avtobuslarning birida 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan va ulardan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati bilan Taraz shahar tibbiyot maskaniga olib borilgan.
Hozirda ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Shuni alohida ta’kidlash joizki, Do‘st Qozog‘iston mas’ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishmoqda”, - deyilgan xabarda.
Holat yuzasidan Qozog‘iston FVV bilan ma’lumot almashinuvi davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0