Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya NATOning Lvovdagi oʻq-dorilar omborini yoʻq qildi - video

© Sputnik / Ministerstvo oboronы RF / Fotobankka oʻtishPusk krыlatoy raketы "Kalibr", arxivnoye foto
Pusk krыlatoy raketы Kalibr, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyaning “Kalibr” raketalari Lvov viloyatidagi NATOning Ukrainaga yuborgan qurollari saqlanayotgan oʻq-dorilar omborini yoʻq qildi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari “Kalibr” qanotli raketalari yordamida Lvov viloyatida NATO davlatlari tomonidan Ukrainaga yetkazilgan qurollar uchun oʻq-dorilar omborini yoʻq qildi. Bu haqda bugun boʻlib oʻtgan brifingda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov maʼlum qildi.
“Lvov viloyatining Zolochev qishlogʻi yaqinida yuqori aniqlikdagi uzoq masofali “Kalibr” raketalari Ukrainaga NATO mamlakatlari tomonidan yetkazib berilgan xorijiy qurollar, jumladan 155 millimetrlik M777 gaubitsalar saqlanayotgan oʻq-dorilar omborini yoʻq qildi”, - dedi general-leytenant.
Bundan tashqari, bir kunda Aerokosmik kuchlar tomonidan toʻrtta shunday gaubitsa yoʻq qilindi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va Avstraliya ushbu Amerikada ishlab chiqarilgan artilleriya moslamalarini Ukrainaga yetkazib berdi. Ukraina Qurolli kuchlari ulardan aholi punktlariga hujum qilish uchun foydalanmoqda. Xususan, Lugansk Xalq Respublikasining Rubijne shahri ushbu gaubitsalar orqali oʻqqa tutildi. Oqibatda 14 yoshli oʻsmir halok boʻldi, yana bir qancha tinch aholi vakillari yaralandi.
“Kalibr” (NATO tasnifiga koʻra SS-N-27 Sizzler) –Yekaterinburgdagi “Novator” konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan Rossiya qanotli raketasi. Kompleks 2012 yilda Rossiya dengiz flotiga foydalanish uchun topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0