Situatsiya na granitse Krыma s Ukrainoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyalik harbiy jurnalist Ukrainada halok boʻldi

Voyennыy jurnalist polkovnik Sergey Postnov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiyalik harbiy jurnalist Sergey Postnov 14 iyunga oʻtar kechasi Ukraina hududida xizmat vazifasini oʻtayotgan vaqtda halok boʻlgan.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Rossiyalik harbiy jurnalist, Milliy gvardiya matbuot xizmati xodimi, polkovnik Sergey Postnov Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya vaqtida halok boʻldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati faxriylar kengashi saytida xabar berildi.
“2022 yil 13 iyundan 14 iyunga oʻtar kechasi harbiy jurnalist, Rossiya gvardiyasi ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro aloqalar 1-boʻlimi axborot-javob guruhi boshligʻi, polkovnik Sergey Postnov harbiy xizmat burchini oʻtayotgan vaqtda bu hayotdan koʻz yumdi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, marhum jurnalist Xarkov viloyati va Lugansk Xalq Respublikasining bir qator shahar hamda qishloqlarini ozod qilish jarayonini yoritgan.
U toʻrt oydan koʻproq vaqt davomida Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etgan.
Maʼlumot uchun, Postnov 2002 yilda Rossiya Mudofaa vazirligi Harbiy universitetining madaniyat va jurnalistika fakultetini tamomlagan hamda Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlariga ishga kirgan.
U “Zorkiy chasovoy” tuman gazetasida muxbir, soʻngra muharrir boʻlib ishlagan, shuningdek, “Na boyevom postu” harbiy jurnali tahririyatida ham uzoq muddat faoliyat koʻrsatgan. Postnov turli mukofotlarga, jumladan, 2-darajali “Vatanga xizmatlari uchun” ordeni va Suvorov medali bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0