Kolumnistlar

“Sanktsiyalar uchun tovon toʻlashmoqda”: AQSH va YEIda inflyatsiya keskin oshdi

© Sputnik / Evgeny OdinokovAvtomobil vo vremya zapravki
Avtomobil vo vremya zapravki  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Germaniyada inflyatsiya rekord darajaga koʻtarildi - bunaqasini nemislar 1973-yillardan buyon koʻrmagan edi. Hammasidan koʻp energetika uchun pul sarflanmoqda. AQShda ham narxlar ortda qolayotgani yoʻq: okeantorti mamlakatida benzin narxi jadal oshib bormoqda. Tahlilchilarning aytishicha, Gʻarb bu bilan Rossiyaga qarshi sanktsiyalar uchun tovon toʻlamoqda. Yevropaliklar va amerikaliklar yana qancha muddat tejab-tergab xarajat qilishlari kerak - batafsil RIA Novosti materialida.

Inflyatsiya chuqurida

GFRda narxlar keskin ortib bormoqda. May oyida inflyatsiya sakkiz foizga tezlashdi - bu yarim asr davomida kuzatilgan eng yuqori koʻrsatkich. 1973 yilning qish faslida neft inqirozi tufayli qora oltin narxi oshgan edi. Energeya taʼminotlari uchun ham xarajatlar nihoyatda koʻp. Qolaversa, oziq-ovqat narxlari ham koʻtarilmoqda. Ish haqi indeksatsiyasi narxlarga yeta olmayotgan Buyuk Britaniyada ham vaziyat yaxshi emas. Sotib olish salohiyati juda past.
Amerikaliklar ham tejashmoqda. AQShda may oyida inflyatsiya 8,5%ga oshdi. Mamlakatda benzin ikki barobar qimmatlashdi: AQSH Moliya vaziri Janet Yellenning aytishicha, Rossiya neftiga qoʻyilgan cheklovlar oʻz taʼsirini oʻtkazgan.
Mart oyida Amerika qora oltin sotib olishni taqiqladi, iyun oyi boshida unga YEI ham qoʻshildi. Biroq, yevropaliklar Rossiya uglevodorodlaridan butunlay voz kecha olmadi. Dengiz boʻylab yetkazib berish bilan cheklanib qoʻyishdi. Ammo, yengillashtirilgan embargo amerikaliklarning ham, yevropaliklarning ham choʻntagiga foyda boʻlmadi. “Inflyatsiya ogʻir aralashmalardan, jumladan Rossiya Urals idan tashkil topgan dizel yoqilgʻisi narxining koʻtarilishi bilan tezlashdi. Natijada AQSH va YEI isteʼmol narxlari koʻp yillik eng yuqori koʻrsatkichlarini yangiladi”,- deydi BitRiver moliyaviy tahlilchisi Vladislav Antonov.
Hozir Gʻarb Rossiya neftiga muqobillarni qidirmoqda. Ammo bu oson emas. Eksport qiluvchi mamlakatlar Rossiya qora oltinini eskport qilish uchun erkin imkoniyatlarga ega emas, deydi OPEK bosh kotibi Muhammad Barkindo. Bu yerda kuniga yetti million barrel haqida soʻz ketmoqda.
Shuning uchun Gʻarbning uddaburon kompaniyalari Urals va boshqa navlardan kokteyllar qilmoqda. Amerikaning Shell kompaniyasi bu sxema boʻylab ishlagan birinchi kompaniya boʻldi. Kontsern oʻz treyderlariga tarkibida rus uglevodorodlari boʻlgan dizel yoqilgʻisini sotib olishga ruxsat berdi. “Latviya aralashmasi” deb ataluvchi mahsulot Ventspils portida tayyorlashmoqda.
Sanktsiyalarni chetlab oʻtishning yana bir yoʻli - qayta sotish. Amerika va Yevropa portlari Rossiyadan kelayotgan kemalar uchun yopiq ekan, unda neft boshqa mamlakatlardan tashiladi. Masalan, Hindistondan Yevropa va AQShga yetkazib berish sezilarli darajada oshgan. Hujjatlarga koʻra, xomashyo Hindistonniki. Aslida esa- Rossiyaniki.

Aybdorlarni qidirishmoqda

Gʻarb kompaniyalari sanktsiyalarni aylanib oʻtayotgan bir paytda, Oq uyda aybdorlarni qidirishmoqda.
“Hammasiga Ukrainadagi maxsus operatsiya aybdor”, deydi Jo Bayden. Yoki “Inflyatsiyaning yetmish foizi- Putinning benzin narxlarini koʻtargani bilan bogʻliq”, - demoqda Amerika prezidenti.
Ammo, Amerikada tovarlar narxi oʻtgan yildan boshlab qimmatlashishni boshlagan, deb hisoblashmoqda tahlilchilar. Oʻshanda, iyun oyida inflyatsiya odatiy 1,5, 2 % dan 3,5% chiqqan.
Mamlakat moliya hukumati koronavirus inqirozi oqibatlarini bartaraf etish uchun chop etish mashinasini ishga tushirdi. AQSH Federal zaxira tizimi iqtisodiyotni trillionlab dollar bilan toʻldirdi. Shu bilan birga, u nolga yaqin past bazaviy stavkani saqlab qoldi.
Va uzoq vaqt davomida narxlarning koʻtarilishi qisqa muddatli taʼsirga ega ekanligiga ishontirdi. FZT va Yevropa Markaziy banki (YEMB) ham buni takrorladi, ular ham pul-kredit siyosatini kuchaytirishga shoshilmayapti. Gʻarb regulyatorlarining sustligi inflyatsiyaning tezlashishiga olib keldi.
Qolaversa, oʻtgan yil oxirida energetika boʻyicha kotirovkalar koʻtarildi: Yevropa Ittifoqida gaz narxi ming kubometr uchun uch ming dollarga yetdi.
Narxlar oʻsishi tendentsiyasi 2022 yilda ham davom etdi. Rossiyaga qarshi sanktsiyalar olovga moy sepgandek boʻldi: metall, neft mahsulotlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxi oshishiga olib keldi. Ammo Gʻarb rasmiylari oʻz xatolarini tan olishayotgani yoʻq. Ular uchun oʻz siyosiy kursini oʻzgartirishdan koʻra Moskvani ayblash foydaliroq.
Tahlilchilarning ogohlantirishicha, yevropaliklar va amerikaliklar bellarini mahkam bogʻlashlari kerak.
Rossiya va Ukrainadan don yetkazib berish muammolari ham oʻz taʼsiri koʻrsatadi. Gʻarb kamayib borayotgan hajmlarni toʻldirishga qodir emas. Masalan, AQShda sovuq tufayli ekin ishlari kech boshlanadi. Bundan tashqari, xorijiy fermerlarga Rossiya oʻgʻitlari ham yetishmayapti - ulardan YEI va AQSH fevral oyida voz kechgan edi. Biroq, bir oy oʻtgach ular qizishib ketishganlarini anglab yetishdi. Oʻgʻitlarni sanktsiyalar roʻyxatidan chiqarib tashlashdi.
Busiz insoniyatga ochlikdan xalok boʻlish xavf solishi mumkin. Rossiya- oʻgʻit yetkazib berish boʻyicha dunyoda uchinchi koʻrinda turadi. Rosstat maʼlumotlariga koʻra, ularning ishlab chiqarilishi 5,6 foizga oshib, 24,9 millionni tashkil etgan. 65%ga yaqini eksportga joʻnatildi. Ulardan 22 tasi Yevropa Ittifoqi va AQShga.
YEI va AQShda inflyatsiya ikki xonali raqamgacha tezlashishi mumkin, deydi moliyaviy boshqaruv oliy maktabi tahliliy tadqiqotlar boʻlimi rahbari Mixail Kogan.

Faqat asosiy stavka bilan emas

Ayni paytda Amerika bazaviy stavkani kechiktirib oshirmoqda. Shu tariqa, AQSH Federal zaxira tizimi narxlarning oshishini jilovlamoqchi. Regulyatorning navbatdagi yigʻilishi 13-19 iyun kunlariga belgilangan edi. YEMB esa umuman shoshilmayapti. Kelgusi oyda pul-kredit siyosatini kuchaytirish rejalashtirilgan.
Biroq, tahlilchilar bu chora vaziyatni qutqarmaydi deb hisoblashmoqda. Stavka oshirilishi faqat isteʼmol talabini kamaytiradi, xaridorlarning xarajatlarini oshiradi va inflyatsiyaning yangi bosqichiga olib keladi. Bundan tashqari, iqtisodiy pasayish tufayli AQSH retsessiyaga kirish xavfi ostida. “Mamlakatning strategik zahiralaridan qora oltinning sotilishi ham uning narxini pasaytirmaydi. Neft bozorida koʻtarilish tendentsiyasi davom etmoqda. Brent neftining bir barreli uchun 130 dollardan yuqori darajalar. Bu stavkalar bilan narx oʻsishini pasaytirish mumkin emasligini anglatadi, - deydi BitRiver moliyaviy tahlilchisi Vladislav Antonov.
Hozir esa mamlakatlar inflyatsiya bilan mustaqil kurashmoqda. Masalan, Germaniyada “har tomchi benzinni” tejash maqsadida tezlikni pasaytirishga chaqirishmoqda. Biz energiya safini kamaytirish uchun avtobanlarda 100 km/soatgacha, shaharlarda esa 30 km/soat tezlikka vaqtincha cheklovlar qoʻyishimiz mumkin”,- deydi Germaniya Kasaba uyushmalari assosiatsiyasi rahbari Rayner Xoffman.
Tahlilchilarning aytishicha, bu xuddi soʻqir koʻzga surmadek. Vaziyatni barqarorlashtirish va energiya inqirozini toʻxtatish uchun Rossiyadan sanktsiyalarni olib tashlash kerak. Dunyo allaqachon stagflyatsiyaga botib bormoqda (inflyatsiya va ishsizlikning bir vaqtning oʻzida tezlashishi bilan iqtisodiyotning pasayishi), deb ogohlantirmoqda “Amaliy investitsiya maktabi” asoschisi Fedor Sidorov. Uning soʻzlariga koʻra, yangi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining birinchi bosqichi 1929 yilgi Buyuk Depressiyadan keyingi eng ogʻir oqibatlar va miqyoslari bilan boshlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0