Dunyoda

Si Tszinpin Rossiya oʻz manfaatlarini himoya qilishga haqli ekanini qayd etdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin (sprava) i predsedatel KNR Si Tszinpin
Prezident RF Vladimir Putin (sprava) i predsedatel KNR Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Putin va Si - Rossiya va Xitoy munosabatlari misli koʻrilmagan yuksak darajaga koʻtarilganini, savdo sotiq rekord darajada ekanini qayd etishdi.
TOSHKENT, 15 iyun - Sputnik. Rossiya oʻz milliy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tashqi tahdidlarga qarshi amalga oshirayotgan harakatlari qonuniydir, dedi XXR raisi Si Tszinpin Vladimir Putin bilan telefon suhbatida. Kreml matbuot xizmati xabariga asosan.
Xabarda qayd etilishiga koʻra, Rossiya prezidenti suhbatdoshiga “Ukrainadagi vaziyat va maxsus harbiy operatsiya doirasida hal etilayotgan vazifalar borasida printsipial baho” bergan.
Rossiya va Xitoy rahbarlari ikki davlat munosabatlari misli koʻrilmagan yuksak darajaga koʻtarilganini va doimiy ravishda yaxshilanib borayotganini qayd etishgan.
Shuningdek, rahbarlar davlatlararo savdo-sotiqning bu yilgi hajmi rekord darajada boʻlishi kutilayotganini ham aytib oʻtishdi va energetika, moliya, sanoat va tarsnport sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olishdi.
Undan tashqari Putin va Si harbiy va harbiy-texnik aloqalarni rivojlantirish borasida ham kelishib olishgan.
“Jahon miqyosidagi vaziyat muhokama qilinar ekan, Rossiya va Xitoy, avvaligidek, xalqaro huquqining asosiy tamoyillariga amal qilish, xalqaro munosabatlarning - koʻp qutbli va adolatli tizimini yaratish tarafdori ekanini yana bir bor qayd etishdi", - deyilgan xabarda.
Xitoy rahbari mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash, xususan, Blagoveshchensk-Xeyxe koʻprigida harakat boshlangani tufayli oʻsib borayotganini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0