Sirdaryo Novosibirsk va Oltoy o‘lkasi tadbirkorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Obuna bo‘lish
Sirdaryoga Rossiyalik rasmiy va ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya keldi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, sheriklik munosabatlarni mustahkamlash maqsadida Novosibirsk va Oltoy o‘lkasining 15 nafardan ziyod ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya Sirdaryoga tashrif buyurdi.
Viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk va Oltoy o‘lkasining 15 nafardan ziyod ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Sirdaryo viloyati G‘ofurjon Mirzayev Rossiyaning Novosibirsk va Oltoy o‘lkasi delegatsiyasini qabul qildi. - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Sirdaryo viloyati G‘ofurjon Mirzayev Rossiyaning Novosibirsk va Oltoy o‘lkasi delegatsiyasini qabul qildi. - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Sirdaryo viloyati G‘ofurjon Mirzayev Rossiyaning Novosibirsk va Oltoy o‘lkasi delegatsiyasini qabul qildi. - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Sirdaryo viloyati G‘ofurjon Mirzayev Rossiyaning Novosibirsk va Oltoy o‘lkasi delegatsiyasini qabul qildi. - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Muloqot davomida o‘zaro sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga doir dolzarb masalalar muhokama etildi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro aloqalar istiqbollari katta bo‘lishiga qaramay, Sirdaryo viloyati hamda Novosibirsk va Oltoy o‘lkasi tadbirkorlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yetarli darajada emasligini ta’kidlab o‘tishdi. Ular kelgusida sheriklik munosabatlari kuchayishiga ishonch bildirdilar.
G‘ofurjon Mirzayev mehmonlarning taklif va istaklari bilan tanishib, ular bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan mamnun ekanligi, tashkiliy masalalarni hal etishda ko‘maklashilishini aytdi.
Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyati hamda Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo aylanmasi birgina o‘tgan yilda 129 mln dollarga teng bo‘lgan. Shundan eksport 32 mln dollar, import esa 97 mln dollarini tashkil etgan. Eksportning asosiy qismi to‘qimachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yangiliklar lentasi
0