https://oz.sputniknews-uz.com/20220615/texnikum-va-kollej-oquvchilari-uchun-imtiyozli-talim-krediti-joriy-etiladi-25336830.html
Texnikum va kollej oʻquvchilari uchun imtiyozli taʼlim krediti joriy etiladi
Texnikum va kollej oʻquvchilari uchun imtiyozli taʼlim krediti joriy etiladi
Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish tizimi bekor qilinadi. 1 yanvardan boshlab ilmiy darajasi bor texnikum oʻqituvchilarining ish haqi oliygoh oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi.
2022-06-15T16:40+0500
2022-06-15T16:40+0500
2022-06-15T16:40+0500
iqtisod
kredit
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1417/75/14177537_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_a119f0ecb5182bf6654f20a305e01371.jpg
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli taʼlim krediti yangi oʻquv yilidan texnikum va kollej oʻquvchilari uchun ham joriy etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini kasb-hunarga oʻqitishga bagʻishlangan yigʻilishda Moliya vazirligiga tegishli topshiriq berdi.Shuningdek, kollej va texnikumlarda oʻqish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila aʼzolari uchun subsidiyalar koʻpaytiriladi.Oliy taʼlim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini oʻrganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi.Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga oʻtkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.Oliy taʼlim vazirligiga ayrim taʼlim yoʻnalishlarini oliygohdan texnikumga berish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.Misol uchun, Iqtisodiyot universitetida turizm menejmenti, reklama ishi, mehnat muhofazasi, Transport universiteti va Andijon mashinasozlik institutidagi avtomobil servisi yoʻnalishlarini texnikumlarga oʻtkazish boʻyicha yetarli baza mavjud. Bunday kasblar oʻnlab topiladi.Shu bois, texnikumlari mavjud 62 ta oliygoh rektorlariga:- oliygohlarda oʻqitilayotgan kamida 60 ta yoʻnalishni texnikumlarga oʻtkazish;- texnikumlarni oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlari va darsliklar bilan taʼminlash;- texnikumlarda oʻzining kafedralari filiallari va oʻquv laboratoriyalarini tashkil etish topshirildi.Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab ilmiy darajasi bor texnikum oʻqituvchilarining ish haqi oliygoh oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi.“Umuman, texnikumlarga boʻlgan yondashuvlarni oʻzgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yoʻli emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim boʻlishi kerak”, - dedi davlat rahbari.Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi belgilandi.Eslatib oʻtamiz, 2021/2022-oʻquv yilidan barcha oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt toʻlov asosida tahsil olish uchun kredit ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilgan.Unga koʻra, tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasida taʼlim krediti ajratadi. Talaba kreditni oʻqishni rasman tamomlagach, yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytaradi.Texnikum bitiruvchilari uchun OTMdagi taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/1417/75/14177537_289:0:3020:2048_1920x0_80_0_0_e9d9960af047b8c5e4a69e3a9e412420.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
kredit
Texnikum va kollej oʻquvchilari uchun imtiyozli taʼlim krediti joriy etiladi
Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish tizimi bekor qilinadi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun joriy etilgan imtiyozli taʼlim krediti yangi oʻquv yilidan texnikum va kollej oʻquvchilari uchun ham joriy etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini kasb-hunarga oʻqitishga bagʻishlangan yigʻilishda Moliya vazirligiga tegishli
topshiriq berdi. Shuningdek, kollej va texnikumlarda oʻqish uchun davlat grantlari va ehtiyojmand oila aʼzolari uchun subsidiyalar koʻpaytiriladi.
Oliy taʼlim vazirligiga ikki oy muddatda 207 ta texnikum faoliyatini oʻrganib, samarasiz ishlayotgan 70 ta texnikumni tugatishga topshiriq berildi.
Ularning 25 tasi monomarkazlar tashkil etish uchun Bandlik vazirligiga oʻtkaziladi, qolgan 45 tasi negizida kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.
Oliy taʼlim vazirligiga ayrim taʼlim yoʻnalishlarini oliygohdan texnikumga berish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Misol uchun, Iqtisodiyot universitetida turizm menejmenti, reklama ishi, mehnat muhofazasi, Transport universiteti va Andijon mashinasozlik institutidagi avtomobil servisi yoʻnalishlarini texnikumlarga oʻtkazish boʻyicha yetarli baza mavjud. Bunday kasblar oʻnlab topiladi.
Shu bois, texnikumlari mavjud 62 ta oliygoh rektorlariga:
- oliygohlarda oʻqitilayotgan kamida 60 ta yoʻnalishni texnikumlarga oʻtkazish;
- texnikumlarni oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlari va darsliklar bilan taʼminlash;
- texnikumlarda oʻzining kafedralari filiallari va oʻquv laboratoriyalarini tashkil etish topshirildi.
Kelgusi yil 1 yanvardan boshlab ilmiy darajasi bor texnikum oʻqituvchilarining ish haqi oliygoh oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi.
“Umuman, texnikumlarga boʻlgan yondashuvlarni oʻzgartirish kerak. Ular oliygohga kirishning oson yoʻli emas, murakkab kasb beradigan, mehnat bozorida raqobat qiladigan tizim boʻlishi kerak”, - dedi davlat rahbari.
Kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi belgilandi.
Eslatib oʻtamiz, 2021/2022-oʻquv yilidan barcha oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli hamda magistratura bosqichida toʻlov-kontrakt toʻlov asosida tahsil olish uchun kredit ajratishning yangi tizimi
yoʻlga qoʻyilgan.Unga koʻra, tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasida taʼlim krediti ajratadi. Talaba kreditni oʻqishni rasman tamomlagach, yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytaradi.