Rossiya

"Tolibon"* Rossiyadan nima sotib olmoqchi ekani maʼlum boʻldi - video

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishPMEF-2022. Rabota foruma
PMEF-2022. Rabota foruma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tolibon* vakillari Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtayotgan xalqaro iqtisodiy forumga tashrif buyurishdi.
TOSHKENT, 15 iyun - Sputnik. Rossiyada taqiqlangan "Tolibon"* harakati vakillari Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumiga (PMEF) yetib kelishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Afgʻoniston delegatsiyasi tarkibida Savdo-sanoat palatasi rahbari oʻrinbosari Mohammadyunus Xusayin va va Afgʻonistonning Rossiyadagi diplomatik missiyasi rahbari Jamol Nosir Garval va boshqa shaxslar bor.
RIA Novostiga bergan intervyusida delegatsiya vakillari Rossiyadan bir qator tovarlar xarid qilmoqchi ekanliklarini hamda oʻzaro bojsiz savdo-sotiq oʻrnatish shartlarini muhokama qilmoqchi ekanliklarini maʼlum qilishdi.
"Biz bugʻdoy, shisha va yogʻoch eksporti boʻyicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Shuningdek, Afgʻonistondan quritilgan meva va mevalarni, shuningdek, foydali qazilmalarni eksport qilish uchun Rossiya hukumati bilan bojsiz savdo shartlarini muhokama qilmoqchimiz", - dedi Tolibon* vakili.
Shuningdek delegatsiya rahbari bundan 10-20 kun avval rossiyalik ishbilarmonlar Afgʻonistonga tashrif buyurishgani haqida aytib berdi.
Delegatsiya forum pavilonlarini aylanib chiqdi. Ular rossiyalik hamkorlar bilan bugʻdoy yetkazib berish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, Rossiya hozircha Tolibon* harakatini Afgʻoniston yangi rasmiy hukumati sifatida tan olishga shoshilayotgani yoʻq. Pu haqida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov biroz oldin maʼlum qilgan edi. Peskovga koʻra, "hozircha ushbu mavzu muhokama qilinayotgani yoʻq".
Sankt-Peterburgda 15-18 iyun kunlari Xalqaro iqtisodiy forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda qator davlatlarda nufuzli delegatsiyalar ishtirok etmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17 iyun kuni forumning yalpi majlisida nutq soʻzlashi kutilmoqda.
*Rossiyada taʼqiqlangan tashkilot
Yangiliklar lentasi
0