Toshkent — Dushanbe poyezdiga chipta narxi ma’lum bo‘ldi

© Foto: uzrailpass.uzPoyezd na vokzale Tashkenta
Poyezd na vokzale Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Poyezd Toshkentdan haftaning har seshanba kuni soat 16:15 da jo‘nab ketadi. U 21 soat davomida harakatlanadi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” 20-iyundan Toshkent — Dushanbe yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi harakatlanishni boshlashini tasdiqladi.
301/302-sonli poyezd Dushanbedan haftaning dushanba kunlari jo‘nab ketadi va seshanba kunlari soat 13:43 da Toshkentga yetib keladi.
Toshkentdan haftaning har seshanba kuni soat 16:15 da jo‘nab ketib, Dushanbega chorshanba kuni yetib boradi.
Yo‘lovchi poyezdi 10 ta vagondan: 4 kupe, 5 plaskart va vagon-restorandan iborat.

Sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda chipta narxi 381 476 so‘mdan boshlanadi.

Chiptalarini temir yo‘l kassalaridan yoki www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqali xarid qilish mumkin.
Ma’lumot uchun: Toshkentdan Dushanbegacha temir yo‘l orqali bo‘lgan masofa 916 kilometrni tashkil etadi. Poyezd 21 soat davomida harakatlanadi.
O‘ttiz yil o‘tib tiklanayotgan Toshkent-Dushanbe poyezd qatnovi haqida ma’lumot berildi
Yangiliklar lentasi
0