Toshkent-Samara yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi harakati qayta tiklanmoqda - narxlar

© Foto: predostavleno press-slujboy MintransaV Uzbekistane sovershen perviy reys poyezda, kotoriy preodolel pochti chetire tisachi kilometrov
V Uzbekistane sovershen perviy reys poyezda, kotoriy preodolel pochti chetire tisachi kilometrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna bo‘lish
Poyezd haftaning payshanba kuni soat 19:05da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va shanba kuni soat 18:14da “Samara” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. 23-iyundan boshlab 5/6-sonli “Toshkent – Samara – Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining harakatlanishi boshlanadi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd haftaning payshanba kuni soat 19:05da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va shanba kuni soat 18:14da “Samara” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.
Shuningdek, Samaradan yakshanba kuni soat 16:11da jo‘nab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56da yetib keladi.
Ma’lumot uchun, Toshkentdan Samaragacha temir yo‘l orqali bo‘lgan masofa 2271 kmni tashkil etadi. Poyezd 48 soat davomida harakatlanadi.
Mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi poyezdi 11 ta vagondan iborat.
Chipta narxi to‘g‘risidagi ma’lumotni, sotuv muddatiga qarab chegirmalarni hisobga olgan holda, www.chipta.railway.uz, www.e-ticket.railway.uz saytlari orqal bilib olish mumkin. Saytlarda iyul oyidagi chiptalar 1,5 mln (palskarta) va 2,4 mln (kupe) so‘mdan boshlanishi ko‘rsatilgan.
"Rossiya temir yo‘llari" (RJD) saytida iyul oyidagi chiptalar narxi 8 ming (palskarta) va 12 ming (kupe) rubldan boshlanishi ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovi 2020-yil martida koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtatib qo‘yilgan edi. Rossiya 14-iyundan boshlab temir yo‘l orqali kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarining kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.
Yangiliklar lentasi
0