Dunyoda

Xerson viloyatida Rossiya pasportini olmoqchi boʻlganlar turnaqator navbatda turishmoqda

© Sputnik / Aleksey MayshevRossiyskiye pasporta, arxivnoye foto
Rossiyskiye pasporta, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Xerson viloyati hukumati Rossiya fuqaroligi olishni xohlovchilar soni kun sayin ortib borayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Rossiya pasportini olish istagida boʻlgan Xerson viloyati aholisi soni kundan kunga oʻsib bormoqda. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari Kirill Stremousov maʼlum qildi.
“Juda katta ajiotaj. Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olmoqchi boʻlganlar soni koʻpayib bormoqda”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.
Stremousovning soʻzlariga koʻra, koʻra odamlar Rossiya himoya qila olishi, Rossiya mamlakatda kishini ijtimoiy taʼminlay olishi uchun Rossiya fuqaroligini olish uchun hujjat topshirishga navbatlarda turishibdi.
Viloyat harbiy-fuqarolik maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari hududda 10 mingdan ziyod kishi Rossiya pasportini olish uchun hujjat topshirib boʻlganini taʼkidladi.
Stremousov pasportlar har kuni berilayotgan, shunga qaramay navbatlardagi odamlar soni ortib borayotganini qoʻshimcha qildi. Viloyat hukumati hujjat qabul qiluvchi markazlarni koʻpaytirgan.
Eslatib oʻtamiz, maxsus harbiy operatsiya davomida Rossiya harbiylari Ukraina janubidagi Xerson va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Hududlarda harbiy-fuqarolik boshqaruvi tuzildi, Rossiya telekanallari va radiostantsiyalari efirga chiqa boshladi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda.
Xerson viloyatida birinchi Rossiya banki ish boshladi
25 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Xerson va Zaporojye viloyatlari aholisi Rossiya fuqaroligini soddalashtirgan tartibda olishni koʻzda tutuvchi farmonni imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0