AQSh elchisi G‘arb Ukrainaga yordam berishda qiyinchilikka duch kelayotganini tan oldi

© Foto : Twitter/U.S. Embassy KyivPribitie partii voyennoy pomoshi SShA v Kiyev. Arxivnoe foto
Pribitie partii voyennoy pomoshi SShA v Kiyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna bo‘lish
AQShning NATOdagi vakilining aytishicha, Kiyevning qurol-yarog‘ so‘rovlari tez-tez o‘zgarib turadi.
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqchilari Kiyevga qurol-yarog‘ yetkizib berishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, chunki Ukrainadan so‘rovlar deyarli har kuni kelib tushadi va tez-tez o‘zgarib turadi, ba’zi davlatlar zaxiralarini tugatishga yaqin turibdi. Bu haqda AQShning NATOdagi elchisi Juliann Smit Vashingtondagi konferensiyada ma’lum qildi, deya yozdi RIA Novosti.
“Biz deyarli har kuni Kiyevdan kelayotgan doimiy o‘zgaruvchan so‘rovlar ro‘yxatini hal qilishimiz kerak. Bizga ko‘plab so‘rovlar kelib tushmoqda. Ittifoqchilarimiz bilan birgalikda ulardan qaysi biriga javob bera olishimiz, kim nima berishga tayyorligini aniqlashga harakat qilyapmiz. Bu qiyin, chunki so‘rovlar doimiy ravishda o‘zgarib turadi”, deydi u yangi Amerika xavfsizligi bo‘yicha konferensiyada so‘zlagan nutqida.
Juliann Smitning ta’kidlashicha, AQShning bir qator ittifoqchilari allaqachon o‘zlarida mavjud bo‘lgan deyarli hamma narsani berishgan. Bu mamlakatlar zaxiralar tugab borayotgani sababli “asta-sekin xavotir bildira boshlagan”. Hozir ular Ukrainaga yana nima berishlari mumkinligini qayta ko‘rib chiqmoqda.
Seshanba kuni Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Kiyev G‘arb davlatlaridan o‘zi uchun zarur bo‘lgan qurollarning atigi 10 foizini olganini aytdi. Chorshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga qiymati 1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini yuborishinima’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Moskva G‘arbning Ukraina Qurolli kuchlari uchun harbiy tizimlar yetkazib berish orqali mojaroni cho‘zishga urinishlariga bir necha bor ishora qilgan. Mudofaa vazirligi o‘q-dorilar omborlari Rossiya aviatsiyasining qonuniy nishoniga aylanishi haqida ogohlantirgan.
Yangiliklar lentasi
0