Iqtisod

Dollar ozgina koʻtarildi - valyutalar kursi

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Dollarning rasmiy kursi olti kunlik pasayishdan soʻng oʻsdi.
TOSHKENT, 16 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17 iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.
Dollarning rasmiy kursi 6 kunlik pasayishdan soʻng, 9,37 soʻmga oʻsib, 10 969,48 soʻmni tashkil qildi.
Yevro esa 57,40 soʻmga arzonladi va 11 419,23 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,01 soʻmga pasayib, 193,29 soʻmni tashkil etdi.
MDH davlatlari orasida soʻnggi bir necha oy ichida oʻzaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirish odatiy hola aylanmoqda. Ayniqsa YEOIIga aʼzo davlatlar orasida. Rossiya eng yirik savdo hamkorlaridan biri boʻlgan Xitoy bilan oʻzaro savdoda milliy valyutalarga oʻtish haqida bitim imzolagan.
Shuningdek, Xitoy va YEOII davlatlari orasida ham ana shunday bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda. Tashqi savdoda ushbu oʻzgarishlar dollarga talabning pasayishiga va asosiy hamkor davlatlar Xitoy va Rossiya milliy valyutasiga talabning oshishiga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0