G‘arb qurollari Kiyevni nimasi bilan hayron qoldirdi?

© Sputnik / Konstantin Mihalchevskiy / Mediabankka o‘tishOrujie inostrannogo proizvodstva, naydennoe v podvalax kombinata "Azovstal" v Mariupole
Orujie inostrannogo proizvodstva, naydennoe v podvalax kombinata Azovstal v Mariupole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna bo‘lish
AQSh va NATO davlatlari Ukrainaga "lend liz", ya’ni qarzga harbiy yordam yetkazib bermoqda, lekin u yordamning hammasi ham jang maydoniga yetib kelmayapti, yetib kelganlari ham har doim foyda bermayapti.
G‘arb Ukrainani qurol bilan ta’minlashda yanada faollashmoqda. Amerikaliklar bu uchun “yordam paketi” doirasida yana 700 million dollar xarajat qildi. Umuman olganda, DXR va LXR armiyalari okeanorti va G‘arbiy Yevropa “sovg‘a”larini yaxshi o‘rganib chiqdi. Xorijiy texnikalar o‘zlarini qanday namoyon etishmoqda? Nega Kiyev qurollar bilan unchalar qoniqmapti?- RIA Novosti materialida o‘qing

Muammoli “Javelin”lar

Bundan ikki oy avval UQK G‘arb mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tankka qarshi tizimlardan asosan Kiyev va Xarkov yo‘nalishlarida, shuningdek, Mariupolda muntazam foydalangan. Ukrain harbiylarining ta’kidlashicha, qurollar pistirmalarda yaxshi ish ko‘rsatgan.
Shuningdek, arsenalda tankga qarshi tizimlar va granata otish moslamalarining keng assortimenti bor: Amerikaning Javelin, Britaniyaning NLAW, Singapur-Isroilning Matador, Germaniya Panzerfaust 3, Shvetsiya AT4.
“Javelin”larning keng reklama qilinganiga qaramay, ular har qanday falokatdan himoya qila oladigan vosita bo‘lib chiqmadi. To‘rt marta zarbadan keyin ham tank harakatlanishda davom etgan holatlar bo‘lgan. Bundan tashqari, o‘rnatmalar juda injiq: yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish tizimining ishonchliligi ob-havo va atrof-muhit sharoitlariga juda bog‘liq. Mariupolda, jang qatnashchilarining so‘zlariga ko‘ra, bunday tankga qarshi tizimlar aslida yordam bermagan - qurilma yong‘inlar fonida jangovar vositaning issiq dvigatelini “ko‘rmagan”.
Hatto amerikaliklar ham ularning samaradorligi yetishmasligini tan olgan. The Washington Post nashrining yozishicha, Pentagon 286-betlik foydalanish yo‘riqnomasini ukrain tiliga tarjima qilishga dangasalik qilgan. Ukrain harbiylari esa hammasini Google translate orqali o‘rganishga majbur bo‘lgan. Zaxira batareyalari ham yetishmagan (Javelin quvvatlari 4 soatdayoq tugab qoladi). O‘rganish kursi ham atigi ikki kun.

Aviatsiya uchun xavf

Britaniyaning NLAW muqobili ham Javelinlardan kam muammolar keltirayotgani yo‘q. Biroq, tankka qarshi texnikalarning ko‘p qismi – maqsadli kuzatuv blokining quvvati tugagan batareyalari bilan, bu esa ularni foydasiz qiladi. Bundan tashqari, nisbatan qisqa masofaga zarba bera oladi: taxminan 800 metr.
“Nemis Panzerfaust 3 qiziqarliroq, - deydi “Troll” chaqiruv belgili DXR armiyasi 107-polkining 3-bataloni qo‘mondoni –“Bu granata otish moslamasi yengil, kuchli va har qanday uskunani urishga qodir. Bundan tashqari, u juda qulay va ergonomik, yelka ostida maxsus tayanchi bor”.
DXR qo‘shinlarining aytishicha, ko‘chma havo mudofaa tizimlari, asosan Amerikaning Stingeri, Britaniyaning Starstreak va Martlet, shuningdek, G‘arb tomonidan minglab yetkazib berilayotgan Norvegiyaning Mistral texnikalari ham janr jarayonlariga ta’sir qiladi. Respublika jangchilarining ta’kidlashicha, bu Rossiya aviatsiyasi uchun juda jiddiy to‘siq. Vertolotlar va hujum samolyotlari past balandlikdagi nishonlarni boshqarilmaydigan raketalar bilan, ya’ni bostirmadan urishga majbur. Bir tomondan, bu zenit raketa ko‘chma tizimlarining vayron bo‘lish zonasiga kirmaslikka imkon beradi. Boshqa tomondan esa - aniqlikni sezilarli darajada pasaytiradi.

Kalibrlar jangi

So‘nggi haftalarda Ukraina 155 mm kalibrli artilleriya qabul qilib olmoqda: Amerikaning M777 tortma gaubitsalari, yangi modifikatsiyadagi M109 o‘ziyurar qurollari, M114 dala qurollari, fransuz CAESAR o‘ziyurar artilleriya qurollari, Italiyaning FH70 va boshqalar. Bunday tizimlar 30 kilometr masofani bosib o‘tdi. Avdeyevka, Marinka va Peski yaqinida mustahkamlangan Ukraina Qurolli kuchlari esa may oyi so‘nggidan buyon Donesk markazini muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.
“Og‘ir qurollarni olib kelishganidanoq darhol zarba berishni boshlashdi, - deydi DXR armiyasi rasmiy vakili Eduard Basurin.- Bunga harbiy ehtiyoj yo‘q. Bunda ko‘proq psixologik jihatlar bor: odamlarni qo‘rqitish, ularni norozi bo‘lishga majburlash va jangovar harakatlarni to‘xtatishni talab qilish, vahima qildirish”.
Bunga javoban respublika qo‘shinlari uzoq masofali 152 millimetrlik “Giatsint-B” ga ega bo‘lishdi. Biroq, bu texnikaning olovini tuzatish qiyin, dronlar yetarli emas. Portativ kontrbatareyali radiolokatsion stansiyalar ham muammolar keltirib chiqaradi. Ular yordamida Ukraina tomoni zalp maydonini snarad trayektoriyasi bo‘ylab hisoblab chiqadi.

Uchuvchisiz xatar

Harbiy harakatlarning ilk haftalarida Ukraina Qurolli Kuchlari Turkiyaning Bayraktar TB2 razvedka-zarba beruvchi dronlaridan faol foydalandi. Biroq, harbiylarning fikricha, bular Rossiya zenit-raketa tizimlari uchun yengil nishonga aylangan.
“O‘nlab Bayraktarlarni yo‘qotgach, ukrainlar o‘z taktikasini o‘zgartirdi”,- deydi Klim chaqiruv belgili DXR armiyasi ofitseri. –Avval ular orasida zarba beruvchilar bor edi, hozir esa havoga qarshi hujumga kiritilmagan razvedkachilar. Ammo bunday uchuvchisiz apparatlar hech narsani o‘zgartirmaydi. UQK juda ko‘p bo‘lgan kichik kopterlardan farqli o‘laroq. Ularning yordami bilan olovni to‘g‘ri yo‘naltirishadi va hududlarni tekshiradi. Bu yerda gap harbiy va tijorat uchuvchisiz apparatlari haqida ketmoqda.
Vashington aprel oyida yuzlab Switchblade dron-kamikadzelarini jo‘natdi. Biroq, ulardan foydalanganlik haqida ochiq manbalarda hech qanday ma’lumotlar yo‘q. G‘arb jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, UQK jangchilari shunchaki “begona qurolga ko‘l tekkizishga qo‘rqishmoqda”.
“Masalan, o‘q-dorilar o‘rniga ular portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan tijorat dronlaridan foydalanadilar, chunki ularni nazorat qilish osonroq, - demoqda CNN. - Frontning ko‘plab sohalarida NATO qurollari umuman ko‘rinmagan”.
OAV xabarlariga ko‘ra, ehtiyot qismlar va mutaxassislar yetishmasligi vaziyatni murakkablashtirmoqda. Ittifoq davrida ishlab chiqarilgan namunalarga o‘rganib qolgan harbiylarni qayta tayyorlash esa qiyin va ko‘p vaqt talab etadi. Amerika telekanalining ta’kidlashicha, bularning barchasi G‘arb berayotgan yordamning samaradorligi haqida katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0