Jamiyat

Namanganda kuchli doʻl yogʻishining oldi olindi

© Unsplash/ Loren Gudojd solntse pogoda okno steklo nebo tuchi
dojd solntse pogoda okno steklo nebo tuchi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Viloyatda kuchli doʻl yogʻishini oldini olish maqsadida Alazan raketalari yordamida atmosferaga rekord darajada koʻp taʼsir koʻrsatildi.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Namangan viloyatining Pop va Chust tumani shimolida kuchli doʻl yogʻishiga olib keluvchi bulutlar rivojlanmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov maʼlum qildi.
Bugun Namangan viloyati Qamchiq dovonida kuchli doʻl yogʻdi. 15 iyun kuni ham Namanganning Kososnsoy tumanidagi ayrim hududlarida kuchli jala va doʻl yogʻib oʻtdi.
Viloyatda kuchli doʻl yogʻishini oldi olish maqsadida 15 iyun kuni FVV Gidrometeorologik jarayonlarga taʼsir koʻrsatishni boshqaruv xizmati tomonidan atmosferaga rekord darajada koʻp taʼsir koʻrsatildi.
Erkin Abdulahatovning soʻzlariga koʻra, kunning ikkinchi yarmida Namangan viloyati shimolida 16 ga yaqin alohida yacheyka (yadro)ga ega konvektiv bulutlar rivojlanib soʻngan.
“MRL-5 tasvirlarida Chust, Kosonsoy, Yangiqoʻrgʻon va Chortoq tumani osmonida 3-4 yaqqol shakllangan yacheykali bulutlar tasvirlangan. Qizgʻish va yanayam qora, binafsha tasvirlardan juda kuchli doʻl yogʻishi kerak edi. Haddan tashqari koʻp va samarali taʼsir bu kabi xavflarni katta maydonda doʻl yogʻishiga olib kelmagan”, deydi Erkin Abdulahatov.
Maʼlumot uchun, atmosferaga taʼsir Alazan raketalari yordamida amalga oshiriladi. Bunda suv bugʻlarining birlashib, muzlab doʻlga aylanmasligi uchun atmosferaga yodli kumush zarrachalar sochiladi.
Yangiliklar lentasi
0