Sport

Oʻzbek kurashi boʻyicha Dubay kurash federatsiyasi tashkil etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnыy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze
Mejdunarodnыy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qatar va bir qator mamlakatlarda kurash federatsiyalarini tashkil etish ham kutilmoqda.
TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Oʻzbek kurashi boʻyicha Dubay kurash federatsiyasi tashkil etiladi. Federatsiyaning ochilish marosimi 17-20 iyun kunlari boʻlib oʻtadi.
Marosim Gʻarbiy Osiyo mamlakatlari kurash federatsiyalarining mutaxassislari, kurash sport turiga qiziquvchilar uchun Dubay shahrida tashkil etiladigan xalqaro hakamlik seminari doirasida oʻtkaziladi.
"Xalqaro kurash assotsiatsiyasi maʼlumotiga koʻra, mintaqadagi Qatar va bir qator mamlakatlarda kurash federatsiyalarini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borilishi ham kutilmoqda", deyiladi xabarda.
Seminarda Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Falastin, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yamandan mutaxassislarning ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0