Saida Mirziyoyeva to‘yda kelinga tarsaki tushirgan kuyovni keskin qoraladi

© Telegram / SShMirziyoyevaSaida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna bo‘lish
Bu voqea qachon yoki qayerda bo‘lgani muhim emas, asosiysi jamiyatda unga qanday munosabat bildirilayotgani, deb yozadi Mirziyoyeva.
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva "to‘yda kelinga tarsaki tushirgan kuyov" videosi yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
Saida Mirziyoyeva, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu hodisaga jamiyatda turlicha munosabat bildirilayotganiga e’tibor qaratgan.
"Agar bu hodisa sizni va atrofingizdagilarni g‘azablantirgan, hayratga solgan bo‘lsa, demak atrofingizda sog‘lom jamoa bor. Mabodo “ayol erkakka yon bosishi shart”, “o‘zi aybdor, tili uzun bo‘lsa kerak” kabi gaplarni eshitayotgan bo‘lsangiz, mana bu haqiqiy falokatdir", - deb yozadi Mirziyoyeva.
Shuningdek Gender tengligi komissiyasi a’zosi jamiyatda xotin-qizlarga teng huquqni ta’minlash, ularning ta’lim olishi, mustaqil bo‘lishiga imkon yaratish jamiyatni faravonlikka olib kelishiga ishonch bildirgan.
"Biz hammamiz rivojlangan, madaniyatli yurtda, boy va baxtli yashashni xohlaymiz. Demak, har birimiz ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini anglashimiz va shu qarashda qat’iy turishimiz zarur", - deb yozadi Mirziyoyeva.
Bunda hodisalarni oldini olish uchun farzandlarga to‘g‘ri tarbiya berish, maktabni bitirgach tezroq turmushga berishga yoki uylantirishga shoshilmaslik, aksincha ularga ilm berish va o‘z aqli bilan yashashga imkon yaratish kerak, -deydi Gender tengligi komissiyasi a’zosi.
Yangiliklar lentasi
0