Sport

U23 Osiyo kubogi: Oʻzbekiston – Yaponiya 2:0

© Federatsiya Futbola UzbekistanaU23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya
U23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yaponiya kuchli raqib, muxlislarsiz stadion, lekin Oʻzbekiston U23 terma jamoasi ishonchli gʻalaba qozondi.
TOSHKENT, 15 iyun - Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Yaponiya olimpiya futbol jamoalari uchrashuvida Oʻzbekiston 2:0 hisobida gʻalabaga erishdi.
Osiyo qitʼasida Yaponiya kuchli raqib hisoblanadi, lekin shunga qaramay Oʻzbekiston raqib ustidan ishonchli gʻalaba qozondi.
61-daqiqada Jasur Jaloliddinovning jarima maydonchasidan tashqaridan turib bergan zarbasi murakkab trayektoriya boʻylab raqib darvozasini ishgʻol qildi. Sharhlovchilar aytishiga koʻra ushbu zarba turnirning eng chiroyli goli boʻlishi mumkin.
88-daqiqada ikkala jamoa ham ancha charchaganda Timur Kapadze shogirdlari stadion markazidan kutilmagan va tezkor hujum uyushtirishdi va Norchayev darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi va ikkinchi gol muallifiga aylandi.
© Federatsiya Futbola UzbekistanaU23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya
U23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
U23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya
Shunday qilib, Oʻzbekiston finalga yetib keldi. Oldinda yagona raqib - Saudiya Arabistoni.
© Federatsiya Futbola UzbekistanaU23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya
U23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
U23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya
Oʻzbekistonlik tomoshabinlar stadionga kiritilmagan boʻlsada, tashqarida qoʻllab-quvvatlash juda qizgʻin boʻldi. Shahar boʻylab oʻrnatilgan ekranlar oldida minglab muxlislar toʻplanishdi. Bugi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalardan ham koʻrish mumkin.
© Federatsiya Futbola UzbekistanaU23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya
U23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2022
U23 Kubok Azii: Uzbekistan - Yaponiya
Yangiliklar lentasi
0