Yangi o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

© FacebookVstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente
Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2022
Obuna bo‘lish
Joriy o‘quv yilida qabul parametrlari o‘tgan yilga nisbatan oshadi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu bo‘yicha 16-iyun kuni prezidentning farmoyishi qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, yangi o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 nafar etib belgilandi.

Endilikda abituriyent kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim shaklini tanlashiga ham ruxsat beriladi.

Bakalavriat – 110 707 nafar:
kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar nafar;
kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;
Magistratura – 10 688 nafar.
Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan 36 ta davlat oliy ta’lim muassasasi to‘lov-kontrakt bo‘yicha yana 50 mingdan ortiq qabul parametrlari Kuzatuv kengashlari qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan.
Natijada joriy o‘quv yilida qabul parametrlari o‘tgan yilga nisbatan oshadi.
Yangiliklar lentasi
0