Kolumnistlar

Bu boshlanishi: Yevropada zavodlar toʻxtamoqda

© Sputnik / Vladimir AstapkovichFlag YES u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve
Flag YES u zdaniya predstavitelstva Yevropeyskogo Soyuza v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yevropa davlatlarida inflyatsiya yarim asrlik rekordlar namoyish qilmoqda. Energiya manbaalari yetishmasligi va qimmatligi tufayli butun boshli korxonalar toʻxtamoqda. Bularning barchasiga kim aybdor?
Yevroittifoq barcha imkoniyatlarini kuchga solib energiyadan qaramlikni kamaytirayotgan edi, ammo maʼlum boʻlishicha, hozir sanoat sohasiga juda zarur boʻlgan Rossiyaning arzon energotashuvchilari yetishmayotir. Narxlar eng baland choʻqqida, yetkazib berish esa, Moskva maʼlum qilganidek, xohlagan vaqtda toʻxtatilishi mumkin. Zavodlar ishlab chiqarishni birin-ketin qisqartirmoqda. Bryusselning yangi energetik siyosatidan koʻproq qaysi sohalar jabr koʻrdi?- RIA Novosti materialida

Inflyatsion zarba

YEIda energiya resurslari yil boshidan buyon 50 foizga qimmatlashdi va oxirgi 13 yillikdagi eng yuqori koʻrsatkichga yetdi. Inflyatsiya ortib bormoqda. May oyida ittifoqning 19 davlatida rekord qayd etildi: 8,1%. Birinchi navbatda energotashuvchilar(39,2%, aprelda 37,5 % tashkil etdi), oziq-ovqat mahsulotlari, alkogol va tamaki mahsulotlari, sanoat tovarlari sababli.
Estoniya, Latviya, Litvada undan ham koʻproq: 20,1%, 18,5, 16,4. Eng yirik iqtisodiyot boʻlmish Germaniya va Frantsiyada – 8,7 va 5,8. Germaniya uchun - yarim asrlik maksimal koʻrsatkich.
Bunday koʻrsatkichlar Moskvaga qarshi sanktsiyalar va Rossiya neft va gaziga qisman taqiq natijasidir. Iyun oyida Bryussel qora oltinning quvur liniyasi importiga embargo qoʻlladi, ammo uglevodorodlardan butunlay voz kechishga jurʼat eta olmadi. Dengiz orqali yuk tashish davom etmoqda. Biroq, bu ham juda qimmatga tushdi. Isteʼmolchilar ham, sanoat ham tovon toʻlamoqda. Yevropaliklarni “yoqilgʻi qashshoqligi” kutmoqda.
Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, YEI iqtisodiyoti halokatga yaqin, boz ustiga isteʼmolchi bozoridagi inflyatsion tsunami – eng boshida turibdi. Ishlab chiqaruvchilar tariflari indeksining keskin oʻsishi narxlarning keyingi oʻsishidan dalolat beradi: yillik hisobda 36,8%.
Spiegel ning taʼkidlashicha, Rossiya neftiga Yevroittifoq qoʻllagan sanktsiyalarning oltinchi paketi doirasida belgilagan qisman embargosi oqibatlari esa “narx-navolarga yanada zarba berishi”, foiz stavkalarining oshishi, daromatlar va aholining savdo-sotiq salohiyati pasayishi boʻlishi mumkin.
Bruegel tadqiqot markazi direktori Guntram Volfning fikricha, inflyatsiya bosimi kuchayishda davom etadi va bozorlardagi vaziyat yomonlashadi.

Bir-biriga ergashib

Kuz faslidayoq gaz narxlari Yevropaning kimyo sanoatiga jiddiy zarba bergan edi. Norvegiyaning Yara International ASA kompaniyasi mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishni 40%ga kamaytiradi. Britaniyaning CF Industries kompaniyasi ikkita zavodini yopdi, Germaniyaning BASF SE kompaniyasi ham baʼzi quvvatlarini oʻchirdi.
The Wall Street Journal ning yozishicha, endi ulardan andoza olib, boshqalar ham shu ishni davom ettirdi. Oʻn yillar davomida Rossiyaning arzon neftlaridan foydalangan bir necha korxonalar darhol ishlab chiqarishni toʻxtatdi. Chunki energiyalar uchun ortib borayotgan xarajatlarni qoplay olishmagan. “Zaharli” energotashuvchilarga muqobil topish uchun esa, ancha ter toʻkishga toʻgʻri keladi. Agar, Moskva gaz yetkazib berishni tamomila toʻxtatsa, hammasi tugaydi.

“Gazprom” Bolgariya, Finlyandiya va Polshaga yetkazib berishni toʻxtatdi. Chunki ular rublda savdo qilishdan bosh tortishdi. Rossiyaning YEIdagi gaz importidagi ulushi esa taxminan 40%ni tashkil etadi.

May oyida Italiyaning Ekologik oʻtish masalalari boʻyicha vaziri Roberto Chingolani “Yevropa Ittifoqi qonunchilik bazasi va oqibatlarini koʻrib chiqqunga qadar” rublda toʻlashga vaqtinchalik ruxsat berishga chaqirdi. 15 iyun kuni esa Italiyaning Eni kompaniyasi “Gazprom”dan yetkazib berish qisqarishi yozilgan bildirishnoma olgani haqida xabar berdi. Sabablari esa oshkor etilmagan.

Domino effekti

Hozirgi kunda AQSH, Yaqin Sharq va boshqa mintaqalarda energotashuvchilar narxi Yevropanikidan arzonroq. Masalan, YEIda gaz narxi Amerika bozoriga qaraganda uch barobar qimmat. Shuning uchun Yevropa korxonalari raqobatga chiday oladigan ahvolda emas.
Yangi shartlar barcha sohalarda sezildi, lekin kimyo sanoati koʻproq taʼsir qildi. OCI NV direktori Ahmad El-Xoshiyning soʻzlariga koʻra, kompaniya Niderlandiyadagi zavodda ammiak ishlab chiqarishni qisqartirgan va hozirda uni AQSH, Misr va Jazoirdan import qilmoqda.
Buyuk Britaniyada azotli oʻgʻitlar bozoridagi eng yirik korxonalaridan biri Ince zavodi yopildi. CF Fertilisers kompaniya ogohlantirishicha: bu oziq-ovqat taʼminoti zanjirlarini uzishi mumkin.
Milliy statistika byurosi maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniyada inflyatsiya may oyida soʻnggi 40 yildagi eng yuqori darajaga yetib, toʻqqiz foizni tashkil qilgan. Umumiy olganda, Make UK (ishlab chiqarish sanoati korxonalari federatsiyasi) maʼlumotlariga koʻra, Britaniya kompaniyalarining 17%i “energetikani koʻp talab qiluvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni” qisqartirgan.
Bundan metallurglar ham aziyat chekyapti. Mart oyidan buyon ArcelorMittal poʻlat tegirmonlarini eng yuqori soatlarda, yaʼni ish vaqtining taxminan uchdan bir qismini toʻxtatmoqda. Acerinox Ispaniyaning Alxecirasdagi bittayu bitta zavodini yopdi.
Ispaniyada joylashgan Celsa poʻlat xoldingi Barselonadagi yillik quvvati 2,5 million tonna boʻlgan zavodni “toʻxtatib qoʻyish” arafasida.
Yevropada esa “Putin quvurni toʻsib qoʻyadi”, deya qoʻrqib, gazni cheklashga tayyorlanishmoqda. “Gazprom” “Shimoliy oqim” qisqarishi haqida maʼlum qilganidan soʻng, koʻk yoqilgʻi narxi ming kubometr uchun 1200 yevrodan oshdi. Barcha prognozlarga koʻra, yuqori energiya xarajatlari YEIda sanoat ishlab chiqarishiga zarar yetkazishi va iqtisodiy oʻsishga xavf boʻlish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0