Jamiyat

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutilyapti?

Gora Kungurbuka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ayrim joylarda doʻl yogʻishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.
TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Bugun va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq hamda biroz issiq ob-havo kuzatiladi, deb xabar berdi "Oʻzgidromet".
Qayd etilishicha, 17–19 iyun kunlari faqat Toshkent viloyatida, Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Ayrim joylarda doʻl yogʻishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ushbu kunlarda harorat foni oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan yuqori boʻladi va 34-39° ni tashkil etadi. Bugun janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda harorat 40-42° darajagacha koʻtariladi.
Yangiliklar lentasi
0