Jamiyat

Oʻzbekistonni qanday ob-havo kutmoqda? Iqlimshunos olim bilan suhbat

© SputnikPыlnaya burya v Uzbekistane
Pыlnaya burya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Iqlim oʻzgarishi – soʻnggi yillarning global muammosidir. Oʻzbekistonga bu qanday taʼsir qiladi? Yaqin yillarda ob-havoda qanday oʻzgarishlarni kutish mumkin?
TOSHKENT, 17 iyun – Sputnik. Oʻtgan asrda olimlar tomonidan ishlab chiqilgan iqlim stsenariylarida 2030-2050 yillarda havo haroratining koʻtarilib ketish aytilgan edi. Biz bugun ushbu progonozlar amalga oshayotganining guvohi boʻlmoqdamiz, deydi iqlimshunos olim, Gidrometeorologiya ilmiy tekshirish instituti tayanch doktoranti Erkin Abdulahatov Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

“Iqlim stsenariylarida Oʻzbekistonda havo harorati 3 darajagacha koʻtarilib ketishi prognoz qilingan. 2050 yilga borib, bu koʻrsatkich 5 darajagacha, 2080 yilda 6-7 darajagacha koʻtarilib ketishi mumkin. Demak, bizni mintaqa sharoitidan kelib chiqadigan boʻlsak, qurgʻoqchilik xavfi kutib turibdi. Buni ortidan kuchli yomgʻir bilan yogʻuvchi sel-suv toshqinlari ham kelib chiqishi mumkin”, - deydi Abdulahatov.

Hozirgi vaqtda suv zaxiralarining kamayishi, haroratning pasayishi, qishda kam qor yogʻishi va boshqa tabiat hodisalari iqlim oʻzgarishiga misol boʻla oladi. Bularning barchasi koʻz oʻngimizda sodir boʻlmoqda, - deydi olim.

Xavfli harorat

Harorat - ob-havoning asosiy parametri hisoblanadi. Butun dunyo aholisi 2015 yildan keyin havo haroratining keskin oʻzgarishining guvohi boʻlmoqda. Iqlimning bunday oʻzgarishi avtomatik ravishda mavsumlar oʻzgarishiga ham olib keladi.
Mutaxassis aytishiga koʻra, gidrometeorologiyada statistik maʼlumotlar har 30 yillik davrga solishtiriladi. Xususan, Oʻzbekiston hududiga 1991-2021 yillikda sovuq havo kirib kelishi hissasi bundan oldingi iqlimiy davr (1961-1991) yillarga nisbatan 3 baravarga kamaygan. Oldingi davrda bu koʻrsatkich 22-24% boʻlgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 8%ga tushib qolgan. Oqibatda - qish faslida kam qor yogʻishi, sovuq havo oqimlarining kam kirib kelishi va oʻrtacha havo harorati isib borishi kuzatilmoqda.
Oldinlari havo haroratining isib ketishi, yaʼni 40 gradusdan yuqori harorat ilgari yoz faslida 15 kun kuzatilgan boʻlsa, endi 30-40 kun kuzatilishi mumkin. Kelgusida bu holat faqat kunduzi emas, kechalari ham sodir boʻlish ehtimoli bor. Bu insonning fiziologik holatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, yoqimsiz kayfiyatni uygʻotadi, - deydi olim.

Suv zahiralari kamaymoqda

Iqlimning tobora isib borayotgani suv havzalariga ham taʼsir koʻrsatmoqda.
Harorat oʻsishi oqibatida suv havzalaridagi ochiq suvlarning bugʻlanishi hozirgi 5%dan 10-12 %gacha ortib ketishi mumkin. Tabiiyki suvlar bugʻlanishga sarflanib ketadi va qurgʻoqchilikka sabab boʻladi, - deydi mutaxassis.
Markaziy Osiyoda asosiy suv zaxiralari Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryo hisoblanadi. Qish faslidagi qorning kam yogʻishi ushbu daryolarga suvning kam toʻplanishiga olib keladi. Orol dengizining qurishi ham Amudaryo va Sirdaryo suvlarining kamayishi va oʻzlashtirilgan yer maydonlari ortib borishi oqibatidir.
Aholi soni ortib borishi bilan suvga boʻlgan ehtiyoj ham oshadi, zaxiralar esa kamayib boraveradi. Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan “Orolqum” choʻli ana shunday faoliyat misoli boʻlishi mumkin.
Oldin katta hududdagi suvlar bugʻlanib turardi, endi esa dengiz yoʻqolib choʻlga aylangan. Asosan Shimoliy Gʻarbdan kirib keladigan havo oqimlarining buzilishiga ham olib kelmoqda.
Orol mintaqasidagi aholining yashash sharoitlari ham oʻzgarib boryapti. Bu bevosita tabiat hodisalarining yomonlashuvi, Orol atrofidagi sahrodagi qumning chang boʻlishi, yaʼni qum massalarining havoga koʻtarilishi ekologik buzilishlarni yuzaga keltirdi.

Inson omili

Inson omili tufayli havoga metan, is gazi kabi zararli gazlar chiqmoqda. Ayniqsa, issiqxonalarning koʻpayishi ekologiya buzilishiga olib kelyapti.
Hozirda avtomobilsozlik ham rivojlanyapti, ishlab chiqarishdagi zararli tutunlar va gazlarning barchasi atmosferaga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Iloji boricha ishlab chiqarishdagi mana shunday zararli tutun va gazlarni havoga keng tarqalib ketishini oldini olgan zarur.
Har bir inson atrof-muhitni asrashi, tabiat inʼom etgan neʼmatlarni qadriga yetib, meʼyorida avaylab ishlatishi va kelgusi avlodga yetkazishda faol boʻlishi lozim, - deb xulosa qiladi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0