Qoraqalpog‘istonda yangi tabiiy gaz oqimi topildi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyDobicha gaza v Uzbekistane
Dobicha gaza v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna bo‘lish
Yangi quduqdan olinayotgan mahsulotning hajmi kunlik 700-800 ming kub metrni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik.“G‘arbiy Quyi Surgil” koniga qarashli quduqning 4154 metr tubidan yangi tabiiy gaz oqimi topildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” xabar berdi.
“G‘arbiy Quyi Surgil” konidagi 2-sonli izlov qudug‘ida burg‘ilash ishlari olib borildi. Natijada quduq tubidagi 4154-4059 metr oraliqlarda tabiiy gaz oqimlarini olishga erishildi.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi quduqdan olinayotgan mahsulotning hajmi kunlik 700-800 ming kub metrni tashkil qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, hozirda soha mutaxassislari keyingi yangi quduqni burg‘ilash nuqtasini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Kelgusi besh yillikdagi rejalar:
10 200 kv.km.dan ortiq 3D seysmik ishlarni bajarish, 100 dan ortiq yangi maydonlarni o‘zlashtirish;
925 ming metrdan ortiq burg‘ilash ishlarini bajarish;
290 ta quduqlarni qurilish bilan tugatish va natijada 177 mlrd.m3 atrofida tabiiy gaz hamda 6,5 mln.tonnadan ortiq suyuq uglevodorod zaxiralarini o‘stirish.
Shu yilning o‘tgan davrida “O‘zbekneftgaz”AJ bo‘yicha 758 kv.km 3D seysmik-qidiruv ishlari bajarildi. 4 ta – Cho‘lliota, Manguberdi, Yangi Alat va Sharqiy Arslon maydonlari burg‘ilashga kiritildi va 57,0 ming metr burg‘ilash ishlari bajarildi.
Ma’lumot uchun, “G‘arbiy Quyi Surgil” konining hozirda mavjud uglevodorod xom ashyosi resurslari 7,5 mlrd kub metr tabiiy gaz hamda 265 ming tonna gazkondensati mahsulotlarini tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0